ⓘ Avstraliya, davlat. Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi – Janubiy yarim shardagi davlat, A. materigi, Tasmaniya orol va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7.682 m ..

Ikki palatali tizim

Ikki palatali tizim - davlat xuquqida vakolatli organ tarkibida, odatda, alohida-alohida ishlaydigan 2 palata ning mavjudligi. Palatalar turlicha yol bilan tuziladi va turlicha vakolatga ega boladi. Tarixan quyi palata bir muncha demokratik hisoblangan, shuning uchun aristokratiya manfaatlarini ifoda etuvchi yuqori palata unga qarshi qoyilgan va bu palata quyi palataga nisbatan tizginlovchi vazifasini otashi kerak bolgan. I.p.t. hozirgi vaqtda federativ davlatlart ham, unitar davlatparsa ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi hamma vaqt be-vosita aholi tomonidan saylanadi. Yuqori palata t ...

Avstraliyada COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogir otkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik bolib, Avstraliyada ilk bor 2020-yil 25-yanvar kunida tarqaldi.

                                     

ⓘ Avstraliya (davlat)

Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi – Janubiy yarim shardagi davlat, A. materigi, Tasmaniya orol va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7.682 mln. km². Aholisi 19 mln. kishi. Poytaxti – Kanberra shahri

                                     

1. Davlat tuzumi

Avstraliya– Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdostlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan – federatsiya. Davlat boshligi – Buyuk Britaniya qiroli qirolichasi, general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali vakillar palatasi va senat federal parlament. Vakillar palatasi quyi pa-lata 3 yil muddatga, senat yuqori palata deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati oz kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.

                                     

2. Aholisi

Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan kochib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar bolib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil etadi qarang Avstraliyaliklar. Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1.5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz ozbek bor. Rasmiy tili – ingliz tili. Aholining ortacha zichligi – 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materikning sharqiy va janubi-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining – 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

                                     

3. Tarixi

18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bolib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon 1606 va A. Ya. Tasman 1642 kelganlar. Yangi qit’ani organish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi 1770. 1788 yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qoychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo boldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" 1851–61 munosabati bilan kochib keluvchilar ancha kopaydi. Angliya hukumati A.dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati oltin izlovchilarning 1854 yildagi Evrika qozgoloni va boshqa isyonlar tazyiqi ostida 1855 yilda ularning kopchiligiga ozini ozi boshqarish xuquqini berishga majbur boldi. 1901 yil A.dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi, Birinchi jahon urushidan keyin esa bu urushda A. qoshinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi Yangi Gvineya o.ning shimoli-sharqiy qismi va Nauru orol Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 yildan Avstraliya– BMT azosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdostlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari – liberal va agrar 1975 yildan milliy agrar partiyalari koalitsiyasi boldi. Faqat 1949 yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983 yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yoldan borish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru 1968 va Papua Yangi Gvineya 1975ga mustaqillik berishga majbur boldi. 1991 yilda A. bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida diploma-tiya munosabatlari ornatilgan. Milliy bayrami – A. kuni 26 yanvar.



                                     

4. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari

Avstraliya milliy partiyasi, 1916 yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944 yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977 yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927 yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

                                     

5. Xojaligi

Avstraliya– yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qorgoshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi orinda, 106komir, rux, mis, marganes, bugdoy, gosht eksport qilishda oldingi orinlardan birida turadi.

                                     

6. Sanoati

Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari – kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994–95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi – Garbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill Yangi Janubiy Uels va Maunt-Ayza Kvin-slend, boksitlar Ueypa koni Kvin-slend va Gov Shimoliy hududdan qazib olinadi. 1994–95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshkomir, 32.9 mln. tonna neft, 20.7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi oltin-gugurt kislo-tasi, mineral ogitlar va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994–95 yil 6.2 mln. t polat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1.2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati koproq eksportga moslangan. Toqimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong – Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.



                                     

7. Qishloq xojaligi

Avstraliya – yirik yer egaligi mamlakati. Foydalaniladigan yerlarning 80% dan ortigi yirik yer egalari qolida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya davlat mahsuloti qiymatining 60% dan koprogini chorvachilik beradi. Qoylar 174 mln., qoramol – 24.1 mln. boshni tashkil etadi. Qoychilikning asosiy rayonlari – janubi-sharqiy va janubi-garbiy sohil; sut yetishtiruvchi rayon janubi-sharqiy sohil, gosht yetishtiruvchi rayon mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1.5 mln. gektari sugoriladi. Asosiy ekinlar – bugdoy hosili yiliga ortacha 14.3 mln. t va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, joxori, sholi, makkajoxori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda ortacha 3.7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3.7 mln. t. gosht, 720 ming t. jun yetishtiradi.

                                     

8. Transporti

1996 yilda avtomobil yollari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yollar – 420 ming km, temir yol– 40.6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari – Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar – Port-Xedlend, Dampir temir ruda jonatish. Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.

                                     

9. Tashqi savdosi

Eksportda qishloq xojaligi mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27.8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet eldan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi – A. dollari.

                                     

10. Tibbiy xizmati

Davlat kasalxonalaridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan korsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming 721 kishiga 1 shifokor. Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha har bir shtatda har xil majburiy ta’lim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy ta’lim – pulli. Avstraliyada 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy oquv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika institutlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya Fanlar Akademiyasi, institut institutlari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: Avstraliya muzeyi Sidney, Viktoriya shtatining Milliy galereyasi Melburn va boshqa.

                                     

11. Matbuoti, radioeshittirishi, telekorsatuvi

Avstraliyada 70 dan koproq kun-dalik gaz. 10 asosiy gaz.ning tiraji – 5 mln. nusxadan ziyod va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" "Xabar-noma – Quyosh", 1990 yildan, "Sidney morning gerald" "Sidney tong xabar-nomasi", 1831 yildan eng salmoqli gaz.lar hisoblanadi. Asosiy axborot agentligi – Ostrelian assoshieyted press 1935 yilda asos solingan. 100 radiostansiya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923 yil, telekorsatuvlar 1956 yildan yolga qoyilgan.

                                     

12. Adabiyoti

Avstraliya adabiyoti ingliz tilida aborigenlarning oz yozuvi yoq. 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga komaklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi. A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik goyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bunga F. B. Vikersning "Sarob" 1955, D. Kyuzekning "Quvgindagi quyosh" 1955 va "Qora chaqmoq" 1964, G. Keysining "Snoubol" 1958, D. Styuartning "Yen-di" 1959, M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" 1955 asarlari va boshqa asarlar misol boladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.



                                     

13. Memorligi

A.da me’morlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida togri bur-chakli kop qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi poytaxt Kanberra, 1913–1927, me’mor U. Griffin. Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri me’mor G. Zaydler, Melburndagi olimpiada stadioni 1956 va boshqa diqqatga sazovor.

                                     

14. Tasviriy sanati

Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati, ikkinchisi – yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri K. Martene, A. L. Byuvelot, hajviy grafika S.T.Xill paydo boldi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi. 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi Namatjir va Pa-rerulya oilalari.

                                     

15. Musiqasi

Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar jorligida raqsga tushib, qoshiq aytishdan iborat: cholgu asboblari – qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirlaridan yevropacha musiqa rasm bola bosh-ladi. 1847 yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari – kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa

                                     

16. Teatri

Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida kochib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qoyilgan. 19-asrning 30–40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etildi. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10–30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari komak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar. Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga "Ti-vali" va boshqalar qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.

                                     

17. Kinosi

Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-yilda boshlandi. 70-yillarda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.