ⓘ Kanada poytaxti - Ottava shahri. BMT va NATO azosi hamda AQSh bilan Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi togrisida gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominio ..

Kanada qalqoni

Kanada qalqoni - Shim. Amerika platformasining shim. yarmini egallagan fundamentning yuqoriga turtib chiqqan qismi. Tokembriy davriga mansub burmalangan, kuchli metamorflashgan va granitlashgan kompleksdan iborat. Shim. Amerikaning kop qismini va Grenlandiya o.ni egallagan. K- Shimoliy Amerika.

Kanada futboli

Kanada futboli, Kanadadagi 12 kishidan iborat ikkita jamoalar ortasida oynaladigan sport, unda jamoalar dumaloq topni raqib maydonning oxirigacha yonaltirishga harakat qilishadi. Kanada futboli uzunligi 101 m va kengligi 59 m bolgan maydonda oynaladi. U Amerika futboliga oxshash tuzilishga ega.

.ca

CIRA - The Canadian Internet Registration Authority List of.ca certified registrars Arxivlandi 2006-04-28Wayback Machine saytida. Arxivlandi 2006-04-28Wayback Machine saytida. IANA.ca whois information

Kanada Musulmonlar Uyushmasi

Kanada Musulmonlar Uyushmasi - Kanadada royxatdan otgan notijorat korporatsiya hisoblanadi. CMU 2006-yil 20-avgustda Kanada Musulmonlari Kongressi MCC kengashidagi chuqur bolinishlarni hal qilishga urinish natijasida boshlandi. Kengash yigilishlarida fraktsiyalardan birining vakillari bolgan azolar kelishmovchiliklarni bartaraf etish va yangi rahbarni saylash uchun yigilishga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Toronto mintaqasidagi barcha ijro etuvchi shu jumladan El-Faruk Xaki va kengashning kop qismi shu jumladan Gari Deyl ishtirok etgan kengash azolari bir ovozdan MMCdan ketishga va yangi ...

Quebec (provinsiya)

Kvebek - Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Mayd. 1540.7 ming km 2. Aholisi 7.4 mln.kishi, asosan, kanadalik fransuzlar. Mamuriy markazi - Kvebek sh., eng katta shahri - Montreal. K.ning kop qismi Labrador ya.o.da joylashgan, jan.da Appalachi toglarining tarmoqlari joylashgan, San-Lavrentiy dare vodiysi pasttekislikdan iborat. K.ning shim. tundra, orta va jan. kismi ormon. Yanvarning ortacha temperaturasi shim. da - 24° dan jan.da - 10° gacha, iyulniki 11 - 21°, yillik yogin 500–1000 mm. K. - iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya, elektr stansiyalarning umumiy quvvati jihatdan va ...

Lionsgate Films

Lionsgate Films, Amerika Qoshma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Santa Monica shahrida joylashgan, hamda, 1962-yilda French Kanada tomonidan asos solingan studiya. Shuningdek, bu studiya Lionsgate Entertainmentga tegishli kompaniya hisoblanadi.

                                     

ⓘ Kanada

Kanada poytaxti - Ottava shahri. BMT va NATO azosi hamda AQSh bilan "Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi togrisida" gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik elon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi.

                                     

1. Davlat tuzumi

Kanada - Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdostlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligi - Buyuk Britaniya qiroli qirolichasi, uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament senat va jamoalar palatasi amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi 1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen.

                                     

2. Tabiati

Kanada hududining garbiy qismi togli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgoqlari tik, garbiy sohili esa juda baland. Materikning orta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qoltigining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning garbiy chekkasida Kordilyera toglari, janubi-sharqida Appalachi toglari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qorgoshin, oltin va kumush, toshkomir, neft, tabiiy gaz konlari bor.

Iqlimi - Kanadaning kop qismida arktika va subarktika, janubida motadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning ortacha harorati shimolda - 30°, - 35°, janubda - 18°, - 20°, iyulniki shimolda 4 - 7° va janubda 16 - 18°. Garbiy sohilda yillik yogin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400 - 250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.

Kanadada daryo kop, asosan, qor-yomgir suvlaridan hosil boladi. San-Lavrentiy Buyuk kollari bilan, Finli - PisRiver - Qullar - Makenzi, Bou - Saskachevan - Nelson daryo-kol tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik kollari bor.

Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi bolib, onda-sonda lishayniklar va boshqa otlar uchraydi. Undan janubda tundra, songra esa ormon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragay, amerika tilogochi osadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qongir ormon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.

Kanadada shimol bugusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, bori, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va kollari baliqlarga boy. Milliy boglari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat boglari ham bor.

                                     

3. Aholisi

Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar 44% va fransuz-kanadaliklar 28%. Tub aholisi - indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar - ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi - protestant. Aholining 78.6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.

                                     

4. Tarixi

Kanadaning qadimgi xalqi - eskimos va indeyslar. 15-asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar 1605 - 08. Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi bolib qoldi. 17-asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi - Yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush 1756 - 63 natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat Quyi Kanada va Yuqori Kanadaga bolindi.

Kanada uchun bolgan Angliya-Amerika urushi 1812 - 14 natijasida demokratik islohot va ozini ozi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari "vatanparvarlar" partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr ortalarida Kanadada temir yollar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, "Kanada dominioni" nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-garbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi 1871 va Prins-Eduard oroli 1873 Kanada dominioniga qoshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boldi.

19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez osib, uning mahsuloti qiymati 1914 - 18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% kopaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900 - 17 yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoshila bordi. Birinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.

Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya tasiri susaydi va tasiri kuchaydi. 1919 - 20 yilgi Parij konferensiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qolga kiritdi.

1929 - 33-yillardagi jahon iqtisodiy bohroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1.3 mln. kishidan ortdi. Qishloq xojaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boldi.

Ikkinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xom-ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarog bilan taminlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939 - 45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2.5 baravar ortdi.

1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni kozlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida otkazilgan referendumda suverenitetga qarshi bolganlarning 50.6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada - 1945-yildan BMT azosi. 1991-yil 25 dekabrda Ozbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari ornatdi. Milliy bayrami - 1-iyul - Kanada kuni 1867.



                                     

5. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

Liberal partiya, 1873 yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari - Kanada ishchilar kongressi 1956 yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 yil vujudga kelgan.

                                     

6. Sanoati

Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan kopgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi orinlardan birida turadi. Kanadada komir, neft, temir rudasi, volfram, uran metall tarkibidagi ruda, kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga ortacha 490.8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi orinda.

Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogi - transport mashinasozligi. Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xojaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, ormon va sellyuloza-qogoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy ogitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, gosht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari bolib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toqimachilik, kon-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xojaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xojaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Galla, texnika ekinlari, ot va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xojaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugdoyning /2 qismidan ziyodrogi, arpa hosilining /3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, chochqa, qoy va ot boqiladi. Qishloq xojaligi mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.

Ormon xojaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogochning /yu Kanadaga togri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moynachilik rivojlangan.



                                     

7. Transporti

94.3 ming km temir yol va 850 ming km avtomobil yoli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk kollar, Lavrentiy daryosidagi suv yollari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati ayniqsa, shimolida juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada.

                                     

8. Tashqi savdo

Kanada chetga avtomobil, qogoz, bugdoy, yogochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va boshqalae chikaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, komir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya.

1989-yilda Kanada bilan AQSH ortasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shimoliy Amerika erkin savdo mintaqasi togrisidagi uch tomonlama AKSH - Kanada - Meksika bitim imzolanishi bilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti bilan birlashuvi va uning Shimoliy Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi - Kanada dollari.

                                     

9. Tibbiy xizmati

Kanadada vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu maktablarning aksariyati universitetlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy styalar, Montreal, Maskoka koli, Manitoba, Yangi Shotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonalari malum.

                                     

10. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oxshash: 12 yillik umumiy talim maktabi 6 yillik boshlangich, 3 yillik kichik orta, 3 yillik katta orta maktablardan yoki 8 yillik boshlangich va 4 yillik orta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha talim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik orta maktab ishlaydi. 5 - 7 yoshdan 14 - 16 yoshgacha bolgan bolalar uchun bepul majburiy toliqsiz orta talim joriy etilgan. Davlatga karashli talim bepul bolgan maktablar bilan bir qatorda xususiy pulli, asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar osha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oquv yurtlarida pul tolab oqiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek universitetlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi hammasi Ottavada, ormonchilik va qishloq xojaligi sohasidagi bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy hammasi Ottavada, Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.



                                     

11. Matbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi

Kanadada 114 ta kundalik gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida - "Glob eng meyl", "Toronto-star", "Gazett" kundalik gazeta, 1778-yildan, "Ottava sitizen", "Vankuver san" va b. Fransuz tilida - "Devuar", "Press", "Soley" va b. "Kanadian leybor", "Maklinz Ka-nada’z uikli nyusmegezin" jurnallari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi 1917-yilda tashkil etilgan bor. "Kanadian brodkasting korporeyshn" - Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekorsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekorsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiostansiya ishlaydi.

                                     

12. Adabiyoti

Kanada tub joy aholisi indeyslar, eskimoslarning ogzaki ijodiyoti avloddan avlodga otib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz 18-asr va fransuz 19-asr tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toplandi 20-asr. Shoira Polin Jonson 1862 - 1913 butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga tosqinlik qilib keldi.

Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi tasirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat gozalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga davat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok 1869 - 1944 oz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, "kichik" odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boldi. 20-asr boshlarida adabiy jurnal lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi 1921, u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning ortalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon bola boshladi. 40-yillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari - mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi bilan sugorilgan. X. Mak-Lennan oz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi "Ikki yolgizlik", 1945. 60 - 80-yillardagi kop asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagishlangan. Kanada muammolari va indeyslar bilan eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgor yozuvchilarining etiborida turibdi.

Fransuz tilidagi adabiyot. Kanadada fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-asr oxirlarida Kanadada romantik shoirlar maktabi vujudga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi Kanada adabiyotiga fransuz romantik sheriyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo tasirida L. O. Freshett, L. P.Leme oz asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening "Qadimiy kanadaliklar" qissasi 19-asrning eng salmokli asaridir. 20-asr boshlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor bolishi uluglandi. L. Emonning "Mariya Shapdlen" romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar bilan boyitdi. 30-yillarda realizm rivojlandi. 40-yillarda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodimlarini satirik tasvirladi "Qiyalik etagida" romani, 1944; Gabriyel Rua "Tasodifiy baxt" romanida ishchilar hayotini korsatdi. 50-yillar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishining ozini begona, yolgiz his etishiga etibor kuchaydi I. Terio, E. Klutye asarlari. Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi "Yaqin kunlardagi vokea". Shoirlar 60 - 80-yillarda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va olim mavzularida asarlar yezdi.



                                     

13. Memorligi

Indeyslar yertola, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogoch bilan yopilgan uylarda yashagan. 17 - 19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oz ananalari boyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar old qismi 1 - 2 minorali, jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi memorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida 18 - 19-asrlar imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida memor J. Merrik qurish rivojlandi. 19-asr ortalaridan togri kochali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar qad kotara boshladi. Memorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH memorligi tasiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi F. Darling, J. Pirson kabi memorlar.

20-asr ortalaridan eski shaharlar jadal suratda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va polatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad kotardi.



                                     

14. Tasviriy sanati

Kanada hududida indeys va eskimoslar sanati qadimdan rivojlangan. Indeyslarning qad. sanati yogoch oymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh oyish, pat va chiganokdardan bezaklar yasash, qol toqimachiligi, jayra ignasi va bugu junidan kashta tikish, rasmlar solishdan iborat bolgan. 17-asrdan keyin esa Yevropa va AQShdan kochib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qoshdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash bilan shugullangan. Yevropaliklar kelib ornashgan paytlardan boshlab Kanada tasviriy sanati Fransiya va Angliya sanati tasirida oziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-asr - 19-asr boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yogoch haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-asr ortalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar korinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan moyqalam ustalari ijod qildi. 20-asrda J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shimol kengliklarining gozal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratishdi.

Zamonaviy Kanada sanatida modernizm A. Pellon, J. Riopel bilan bir qatorda realistik okim ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak sanati rivojlanmokda. Xalk, ijodida yogoch oymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi.

                                     

15. Musiqasi

Musiqa qadimdan tub xalq va kochib kelgan aholi turmushining muqim qismi bolgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qoshiklari, ishqiy ashulalar shox va ifodali. 18-asr oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-asr oxirlaridan konsertlar berila boshladi. 19-asr boshlarida havaskorlar kuchi bilan opera spektakllari korsatildi. 19-asrning 2-yarmida professional musiqani rivojlantirish uchun sharoit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. Kanadada yevropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri - Kanada Lavalle "O, Kanada" milliy madhiyasini yaratdi. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida professional kompozitorlar va musiqachilar paydo boldi. 40-yillarda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Montreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ishlovchi orkestr bor. Kanada musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg, P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. Kanada kompozitorlar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. Kanadada 8 ta oliy musika oquv yurti bor. Bir qator shaharlarda universitetlar qoshida musiqa maktablari, musiqa fakultetlari ochilgan. 1965-yildan Montrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi otkaziladi.

                                     

16. Teatri

Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni otkazishda niqob va qogirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar bilan fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa - "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari - J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg shaharlarida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-yillari oxiridan Birinchi jahon urushigacha bolgan davrda kochma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar bilan birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" "yol" deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20 - 30-yillarida universitetlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-yillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boldi. Montrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rejissyorlar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King, Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins universitetlarida drama bolimlari bor. "Kanada teatri" jurnal ingliz va fransuz tillarida nashr etiladi.

                                     

17. Kinosi

1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga kochib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi - "Evanjelina" rejissyor I. P. Salliven, U. X. Kovano suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rejissyor R. Flaerti "Shimol farzandi - Nanuk" qujjatli filmi 1922ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi - "Viking". Milliy kino sanatining qaror topishiga rejissyor J. Grirson muhim hissa qoshdi. 1939 yil Kino masalalari boyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoli bilan hujjatli filmlar ishlab chiqarishni boshqardi. Ikkinchi jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 yil "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" rejissyor Kanada Lou, "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz bilan chuchuk suv oraligida" rejissyor M. Bro filmlari yaratildi. 1970 - 90 yillarda dunyo yuzini korgan filmlar orasida "Moviy qish" rejissyor A. Blanshar, "Muallimga nega oq otildi" rejissyor S. Naritsanno, "Ovchi" rejissyor 3. R. Delen, "Qari tulki" rejissyor F. Borsos kabi badiiy filmlarni korsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam otkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.

                                     
  • Kanada qalqoni - Shim. Amerika Kanada platformasining shim. yarmini egallagan fundamentning yuqoriga turtib chiqqan qismi. Tokembriy davriga mansub burmalangan
  • conservateur du Canada Kanadadagi siyosiy partiya bo lib, 2003 - yili Kanada Alyansi va Kanada Ilg or Konservativ Partiyasi qo shilishi natijasida tashkil topgan
  • Kanada - Qozog iston munosabatlari - Kanada va Qozog iston o rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga a zo. Mamlakatlar o zaro diplomatik
  • 2011 - yilgi Kanada federal saylovi Kanadada o tkazilgan 41 - umumiy parlament saylovi bo lib, 2011 - yil 2 - mayida bo lib o tdi. Natijalar Kanada Konservativ
  • O Canada o zb. Ey Kanada - Kanadaning rasman 1980 - yilning 1 - iyul kuni qabul qilgan davlat madhiyasidir. Kanadada ikkita rasmiy til mavjud fransuz va
  • Kanada futboli fransuzcha: Football canadien Kanadadagi 12 kishidan iborat ikkita jamoalar o rtasida o ynaladigan sport, unda jamoalar dumaloq to pni
  • Buyuk ko llar joylashgan. Mamlakat o rmon boyligining 1 4 qismi Ontario Kanada O. - Kanadaning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan provinsiyasi, O.
  • asboblar va h.k.lar ishlab chiqariladi. O.da Kanada Kirollik ilmiy jamiyati, Ottava va Karlton untlari, Kanada i.t. kengashi FA ilmiy muassasalar, kutubxonalar
  • Kanada arktika arxipelagi - Shim. Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, Shim. Amerikaning eng shim. sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Mayd. 1, 3 mln. km2
  • O zbekiston - Kanada munosabatlari - Ikki mamlakat o rtasida savdo - iqtisodiy munosabatlar 1996 - yildan bir muncha osha boshladi. 1998 - yilda O zbekistonning
  • 1934.11.1, Shavinigan - Kanada davlat arbobi. Kvebek shahridagi Lanal universitetini tugatgan 1958 1968 - 74 yillarda Kanada indeyslar ishi va shimoliy
  • yuzlab avtomobil qismlari va tizimlarini ishlab chiqaruvchilar ham bor Kanada hozirda dunyodagi o n ikkinchi yirik avtoulov ishlab chiqaruvchisi va export
                                     

Junoit

Junoit - mineral, kimyoviy formulasi Pb3Cu2Bigls. Monoklin singoniyali. Taxtasimon, plastinkasimon, shaklsiz agregatlar holida uchraydi. Rangi oq. Yaltiroqligi metallsimon D. gidrotermal yertomirlarida hosil boladi. Ozbekistonda faqat Qoshbuloq oltin konida topilgan. Xorijda Avstraliya va Kanada da malum.