ⓘ Issiqkol, kol. Issiqkol - Qirgiziston shimoli-sharqidagi katta oqmas kol. Tyan-Shan tog tizmasida joylashgan. Issiqkol dengiz sathidan 1607 metr balandlikda joy ..

                                     

ⓘ Issiqkol (kol)

Issiqkol - Qirgiziston shimoli-sharqidagi katta oqmas kol. Tyan-Shan tog tizmasida joylashgan. Issiqkol dengiz sathidan 1607 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 6326 km². Kolga kop daryolar oqib keladi, ammo birorta daryo ham oqib chiqib ketmaydi. Kolning suvi musaffo va shor.

Issiqkol dunyodagi eng yirik tog kollaridan biri. Issiqkol soyligida, shimolda Kungay Olatov va janubda Terskay Olatov tizmalari orasida joylashgan. Kolning uzunligi 178 km, eni 60 km, chuqurligi 668 m gacha bazi manbalarda 702 m gacha, ortacha chuqurligi 278 m, suv hajmi 1738 km³. Kol atrofidagi yerlarda sugorish ishlarining osishi kolning hajmini kamaytirgan. 1850-yildan beri kolning sathi 10 metr pasaygan. Kolning kichrayishiga odamlarning ham, iqlim ozgarishining ham tasiri bolgan.

Issiqkolga 50 dan ortiq daryo quyiladi. Eng yirik daryolari: Jirgalan, Tup sharq tomondan quyiladi, maydalari - Qoraqol, Qizilsuv, Juka, Oqsuv, Koksuv. Issiqkol havzasining maydoni 21.9 ming km². Iqlimi iliq, quruq, motadil. Sohilda iyulning ortacha temperaturasi 16-17°, yanvarniki garbda -2° dan -3° gacha, sharqda -4° dan -7° gacha. Issiqkol ustiga yiliga 250 mm, garbda 110 mm, sharqda 470 mm yogin tushadi. Issiqkoldan 700 mm cha suv buglanadi. Garbida va sharqida tez-tez kuchli shamollar bolib turadi. Shamol esganda tolqinlar balandligi 3-4 m gacha boladi. Suv sathi yiliga 10-50 sm ozgarib turadi. Suv yuzasining temperaturasi yanvarda 2-3°, iyul va avgusda 19-20°, 100 m dan chuqurda yil boyi 3.5-4°. Issiqkol qishda muzlamaydi. Qattiq qishda faqat qoltiqlar muzlaydi. Suvi yashil rangda tiniqligi 12 m dan ortiq, shorroq 5.8 %, ichish va sugorish uchun yaramaydi.

Issiqkolda 20 dan ortiq baliq turi bor. Issiqkol qoltiqlarida va garbida yiliga 20-50 ming suzuvchi parrandalar qishlaydi. 1958-yilda Issiqkol qoriqxonasi tashkil etilgan. Issiqkolda muntazam yuk va yolovchi tashuvchi kemalar qatnab turadi. Asosiy portlari: Baliqchi, Qoraqol pristani. Aholisi qishloq xojaligi, shuningdek, baliq ovlash bilan shugullanadi. Issiqkolning shimoliy sohilida Cholponota, janubiy sohilgida esa Tamga kurortlari joylashgan. Issiqkolga boshqa mamlakatlardan dam olgani sayyohlar kelishadi. Kol atrofida turistlar uchun koplagan bazalar bor.