ⓘ Bezorilik - jamoat tartibi, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib urush - dopposlash, badaniga shikast etkazish. Bezorilik - shaxsning jamoat tartibini qopol ..

                                     

ⓘ Bezorilik

Bezorilik - jamoat tartibi, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib urush - dopposlash, badaniga shikast etkazish.

Bezorilik - shaxsning jamoat tartibini qopol ravishda buzishi va jamiyatga oshkora hurmatsizlik korsatishdan iborat xatti-harakati. Qonunlarda mamuriy javobgarlikka tortish mumkin bolgan mayda B. va jinoiy javobgarlikka tortiladigan B.ka oid tegishli jazo choralari qollaniladi.

Jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, yani, mayda B. uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 ba-ravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga mamuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi OzR MJKning 183-moddasi.

Jinoyat huquqida B. xususan jiddiy zarar yetkazish bilan bogliq bolgan holda sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanish nazarda tutilgan. B. umum etirof etgan axloqqoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalangan otaketgan behayolik bilan qilinsa; yosh bola, qariya, nogiron, ojiz ahvoldagi shaxslarni xorlab, kop miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib, sodir etilgan bolsa, ashaddiy B. deb hisoblanadi va S y.gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. B. takroran yoki xavfli residivist tomonidan; oqotar qurolni namoy-ish qilib, uni qollash bilan qorqitib yoki kollab; ommaviy tadbirlar otka-zilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini kurgan boshqa fuqarolarga qarshilik korsatib, sodir etilsa, ota ashaddiy B. hisoblanadi va 5 yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi OzR JKning 277-moddasi.