ⓘ Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni organish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni organuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miq ..

Til (manolari)

Til: Til vosita - 1) kishilar ortasida, jamiyatda aloqa va ozaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy organish obyekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq azolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga malum va maqbul bolgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qoshilishi, birikishi haqidagi qoidalar toplami. Til azo - odam va umurtqali hayvonlar ogiz boshligidagi muskulli organ.

Diaxroniya

Diaxroniya - til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtai nazaridan organish. Tilshunoslikda D. tushunchasi sinxroniyata qaramaqarshi qoyiladi. Diax-ronik lingvistika bazan kiyosiytarixiy tilshunoslik, 20-asrdan boshlab tarixiy fonetika bilan aynan bir narsa deb karaldi. Keyinchalik uning tadqiqot obyekti sifatida tildagi ozgarishlarni, bu ozgarishlarning sabablarini, paydo bolish davrini organish nazarda tutildi. 20-asr 2-yarmida diaxronik yondashish, til tarixini davrlarga bolib organish bilan bogliq sof tarixiy yonalishdan farql ...

Lyudvik Zamengof

ZAMENGOF Lyudvik - esperanto tili asoschisi, vrach. 1887 - 97 y.larda Ukraina da yashagan. Dr Esperanto taxallusi bilan xalqaro yordamchi suniy til loyihasini nashr ettirgan. Shu tilda ozining bir qancha ilmiy ishlarini yaratgan. 3. "Xalqaro til", "Xalqaro tilning mohiyati va kelajagi" kabi ilmiy asarlar muallifi.

Kalimai shahodat

Kalimai shahodat, tashahhud - islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi - imonning asosi. Unga kora, "Allohdan ozga iloh yoq. Muhammad Uning rasulidir", degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar K. sh.ni aytish orqali boshqalardan, avvalo kopxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. K.sh. ibodatning asosiy sozlari hisoblanadi, namozda takror-takror oqiladi.

Ikki tillilik

Ikki tillilik, zullisonayn - 2 tilni yoki muayyan adabiy til va uning dialektini mukammal bilish. Bu ijtimoiy talab yoki biror sabab bilan yuzaga keladi. Uning tabiiy vujudga kelishiga bir davlat hududida ikki va undan ortiq xalq vakillarining jips yashashi ham sabab boladi. Ozbek mum-toz adabiyotining kopgina vakillari ham ozbek, ham fors tilini yaxshi bilganlar. Mas, Alisher Navoiy oz ona tili - turkiy til bilan bir qatorda fors tilini ham juda yaxshi bilgan. Bu tildagi asarlarini toplab devon tuzgan. Bu devoni forsiy til shoirlar, xususan, Jomiy tomonidan yuksak baholangan. Ikki tilda i ...

                                     

ⓘ Til

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni organish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni organuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq ornatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6 - 7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til sozlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, korish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil bolgani uchun ilojli. Keng manoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yani belgilarni tegishli manolarga boglash jarayoniga tayanadi. Ogzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oz ichiga oladi. Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va organishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qollanishlar kolamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini ozgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni organayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.

Ushbu rivojlanish miya hajmi osishiga mos kelgan bolishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy ozaro munosabat orqali ozlashtiradilar va ortacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi bolib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.

Tillar vaqt otishi bilan ozgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir bolishi uchun qanday belgilarga ega bolganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik organadi. Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga kora bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoqolib ketadi.

Til konkret nutq hodisalari, jumladan, ogzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boladi. Koplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud bolgan elementlar va ular ortasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha bazi manbalarda 3000 - 7000 oraligida jonli til borligi malum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy bolgan bazi universal struktur xususiyatlar kozga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtai nazaridan tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koplab til belgilari - sozlarning va ulardan foydalanish boyicha umumiy grammatik qoidalarning mavjudligi; sozlar tarkibida tilning eng qisqa kichik tovush birliklari - fonemalarning ajratilishi kabilarni korsatish mumkin. Ayrim olingan soz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boginga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida sozlar doirasida yanada kichikroq fonetik-semantik qismlar - morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush tilining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil tillarda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi ozaro munosabati kuzatiladi.

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga ozaro bogliq bolgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega bolib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari - sozlar, soz birikmalari va gaplar - moddiy shakllar bolib, ularda ongning ideal mahsullari - aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obyektiv tarzda oz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til - jamiyat boyligi, u jamiyat azolarining ozaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va manaviy turmushida roy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni manoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib bolmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bolib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bolmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oylab turib gapiramiz va yozamiz, oz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning, dastlabki tilning paydo bolishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koplab nazariyalar, talimotlar paydo boldi. Lekin bu nazariya va talimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoq.

Qayd etilganidek, jahon tillari oz grammatik qurilishi, lugat boyligi va boshqa jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak bolgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda ozgarib boradi ozbek tilining qadimgi turkiy til davri bilan hozirgi korinishi chogishtirilsa, bunday ozgarishlar qay darajada bolganligi yaqqol seziladi va bazan, turli ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, otmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoshgan feklar va rimliklar sozlashgan qadimgi yunon va lotin tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, olik tillarga aylanib qolgan.

Tildagi ozgarishlar tabiati hamda til taraqqiyotidagi yonalishlar 2 ta boshqa omil - jamiyat hayotidagi tarixiy ozgarishlar hamda til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi ozgarishlarida asosan, leksika va frazeologiya sohasida, shuningdek, muayyan tilning tarkalish miqyoslari ozgarishida jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida va uning lahjalarga bolinishi differensiatsiyasi darajasida namoyon boladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi ozgarishlar ijtimoiy hayot voqea-hodisalari bilan bevosita bogliq emas. Til strukturasining jiddiy ozgarishlari tillarning ozaro tasirlashuvi jarayonlariga bogliq boladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida tillarning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy qismlarga iqtisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun bolganda, yaxlit, bir butun tillar hududiy lahjalarga bolinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq tilini yaratishga imkon paydo boladi. Umumxalq milliy tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roy beradi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Dmitriy Petrov Poliglot, 2012
  • Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.
  • Berezin F. M., Golovin B. N., Obsheye yazikoznaniye, M., 1979;
  • Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, T., 1972;
  • Budagov R. A., Chelovek i yego yazik, M., 1974;
                                     

Ekspressivlik (manolari)

Ekspressivlik: Ekspressivlik tilshunoslik tilshunoslikda - til birligining semantikstilistik belgilari majmui; til birligining aloqasozlashuv jarayonida sozlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subyektiv ijobiy yoki salbiy munosabatining ifoda vositasi bola olishini taminlaydi. Ekspressivlik lot.

                                     

N (manolari)

N: N lotin - ozbek kirill alifbosining on uchinchi harfi; N kirill - ozbek kirill alifbosining on beshinchi harfi; til oldi, burun, sonor, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.

                                     

Minionlar (Yaxshi bolish osonmi)

Minionlar, Yaxshi bolish osonmi franshizasida uchraydigan toqima sariq rangdagi mavjudotlardir. Minionlar haqida Minionlar nomli kompyuter-animatsion film ishlangan. Asosan, Minionlarning asosiy qahramonlari uchta: Kevin, Bob va Stuart. Kevin uzun boyli, Bob kalta boyli va Stuart bir kozli. Shuningdek, Minionlarning rasmiy tili Minioncha til hisoblanadi.

                                     

Idiomatika

Idiomatika - leksik idiomalar majmui; tilshunoslikning idiomalarni oziga xos til birligi sifatida leksik-grammatik tarkibi, manolari tavsifi, sintaktik va ekspressiy-uslubiy xossalarini organuvchi bolimi.

                                     

Yostiqposh

Yostiqposh - yostiq ustiga tashlab qoyiladigan yopqich. Matodan tortburchak shaklli qilib tayyorlanadi, turli choklar da kashta tikib bezatiladi. Zardozi usulida bezatilgan yostiqposh.

                                     

Kvadratik orta

Kvadratik orta - bir necha sonlar kvadratlarining arifmetik orta qiymatidan olingan kvadrat ildiz natijasi: K = a}+a1+.lag Musbat sonlarning K. o. si ulardan eng kichigi bilan eng kattasi orasidagi miqdordir.

                                     

Joyak qumlar

Joyak qumlar - bir-biriga parallel joylashgan kambar qator-qator qum donglari. J. q. kop esadigan shamollar yonalishiga moye joylashgan boladi. Uzunligi bir necha km ga yetadi, bal. 1 m dan 70 m gacha boladi. Joyaklar oraligidagi pastlikning kengligi 2 - 4 km ga teng. Orta Osiyo chollarida chala mustahkamlangan va osimliklar qoplagan J. q. kop tarqalgan. J. q. Avstraliya va Afrikada ham bor.

                                     

Yopiq toplamlar

Yopiq toplamlar - barcha limit nuqtalarini oz ichiga olgan toplamlar. Yo. t. misollari: 1) kesma; 2) sonlar oqi, p olchovli metrik fazodagi sanokli nuqtalardan iborat toplam; 3) tekislik yoki fazodagi togri chiziq yoki kesma nuqtalari toplami; 4) tekislikdagi aylana yoki orab turgan aylanasi bilan olingan doyra.

                                     

Gravitatsion tolqinlar

Gravitatsion tolqinlar -harakatdagi massalar bilan birgalikda tez nurlanayotgan ozgaruvchan gravitatsion maydon; u oz manbaidan "ajraladi" va xuddi elektromagnit nurlanishga oxshab fazoda yoruglik tezligida tarqaladi.

                                     

Yoglogi

Yoglogi - suv idish; tunuka yoki misdan chomichga oxshatib ishlanadi; dastali, taypoq shaklda boladi. Suv olish, suv kotarish, idishdan idishga suyuqlik quyish kabi yumushlarda foydalaniladi. Unda yog ham qizdirish mumkin.