ⓘ Achchi surilmasi – Ohangaron daryosi yuqori oqimining chap sohilida 1972-yil bahorida vujudga kelgan ulkan surilma. Sahni 8 km² bolgan 800 mln. m3 hajmdagi tog ..

                                     

ⓘ Achchi surilmasi

Achchi surilmasi – Ohangaron daryosi yuqori oqimining chap sohilida 1972-yil bahorida vujudga kelgan ulkan surilma. Sahni 8 km² bolgan 800 mln. m3 hajmdagi tog jinsi surila boshladi. Achchi surilmasining dastlabki belgilari 70-yillar avvalida namoyon bolgan. Mikrorelyefda eng kop jiddiy ozgarishlar 1973-yildan boshlangan. Surilma Teshiktosh shaharchasini, "Yerostigaz" stansiyasi va Angren shahar quyi qismini bosishi hamda Angren GRESga yeuv beruvchi kanalni tosib, komir havzasini yeuv ostida qoldirish xavfini tugdirdi. Surilma tezligi dastlab sutkasiga 1–2 mm, keyinroq 17 mm ga yetdi. Dunyoda eng katta surilmalardan biri bolgan Achchi surilmasining paydo bolishiga u yerda 8 km 2 maydonda 1947-yildan shaxta usulida uzluksiz komir qazib olinishi, 1961-yildan komirning bir qismini yer ostida gazga aylantirilishi natijasida boshliq paydo bolishi, 40–65 m qalinlikda 60 mln. m3 kon chiqindilari tokmasi ning uyumlanishi, yani nazoratsiz antropogen omillar sabab boldi. Bularning barchasi tog jinslari qatlamida tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Komirning shaxta usulida qazib olinishi, 100–130 m chuqurlikda 5–15 m qalinlikdagi komir qatlamining gazga aylantirilishi 1960-yildayoq 60 ga yerda surilma sodir bolishiga, yer usti qatlamining 45 m gacha surilishi va 4–15 m chokishiga sabab bolgan edi. Zagsan surilmasi ham yer osti suvlari rejimini ozgartirdi. Achchi surilmasi favqulodda murakkab va xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. U ni bartaraf etish maqsadida respublika hukumatining maxsus qarori asosida tezkor ekspert-metodik kengash tashkil qilinib, unga tegishli tashkilotlar jalb qilindi. Kolami jihatidan ulkan falokat keltirib chiqarishi ayon bolgan surilmaning zudlik bilan toxtatib qolish chora-tadbirlari belgilandi. Tavsiyalarni muvofiqlashtirish va amaliy ishlarni bajarish Geologiya va mineral resurslar davlat qomitasining "Ozbekgidrogeologiya" birlashmasi zimmasiga yuklandi. Yuzdan ortiq burgilash ishlari olib borildi va surilma maydonining muhandislik-geologik va gidrogeologik holatlari organildi. Surilmani toxtatish uchun 120 mln.m3 hajmda tog jinsi keltirilib daryo buy i ga 3.2 km masofaga yotqizildi va damba hosil qilindi. Teshiktoshning 13 ming aholisi boshqa yerga kochirildi, Ohangaron daryosi yangi ozan ga burib yuborildi. Achchi surilmasi tezligi kamaytirila borib, 17 yildan keyin toxtash fazasiga erishildi. Surilmaning barqarorlashtirishga erishilishi tabiiy ofatlarning oldini olishda jahon amaliyotida katta voqea boldi. Achchi surilmasini "Ozbekgidrogeologiya" birlashmasi qoshidagi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tomonidan nazorat qilib borish davom etmokda.