ⓘ Galvanik ajratilgan aloqa deb - elektr zanjirlarida energiya yoki signalning elektr kontaktlar ishtirokisiz ozaro uzatilishiga aytiladi. Galvanik ajratilgan alo ..

                                     

ⓘ Galvanik ajratilgan aloqa

Galvanik ajratilgan aloqa deb - elektr zanjirlarida energiya yoki signalning elektr kontaktlar ishtirokisiz ozaro uzatilishiga aytiladi. Galvanik ajratilgan aloqa signallarni kontaktsiz uzatish orqali boshqaruv talab etilgan xolatlarda va odam va uskunalarni elektr tokidan jaroxatlanishdan saqlash maqsadlarida qollaniladi. Galvanik ajratilgan aloqani taminlash vositasi bolib asosan transfarmator yoki optronlar qollaniladi. Texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi moddalar, xususan gazlar - vodorod, metan, azot-vodorod aralashmalari portlash xavfini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan olchov-nazorat datchiklari va binolarda portlashni keltirib chiqarishga sabab bolishi mumkin bolgan uchqunlar yoki qisqa tutashuvlarni oldini olish zaruriy shart xisoblanadi. Shuning uchun qayta ishlovchi interfeyslar tashqi datchiklar bilan ozaro boglanishi togridan tugri bolmay, balki galvanik jixatdan ozaro ajratilgan xolatda amalga oshirilgan. Bundan asosiy maqsad aloqa liniyasidagi paydo bolishi mumkin bolgan qisqa tutashuv va uchqun paydo bolishi xavfini oldini olish bolib, bu orqali IO-modullar va sistemaning portlash xavfi bor obektdagi xavfsizligi taminlanadi. Galvanik ajratilgan aloqa uchun MTL uchqun ximoyasi terminallaridan foydalanilgan.