ⓘ Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini ozgartirishi bilan bogliq kochishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bolib, unta kishilarning ..

                                     

ⓘ Aholi migratsiyasi

Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini ozgartirishi bilan bogliq kochishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bolib, unta kishilarning oddiy mexanik kochish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning kop tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xojalik jihatdan ozlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo bolishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogliq. I.CH.NI joylashtirishdagi ozgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.

Yonalishiga kora tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish muhojirlik, ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining ozgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant muhojirlar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar ornashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining kochib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan malum mamlakatga aholining kochib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar kelgindilar deyiladi.

Aholi migratsiyasi doimiy turar joyni uzil-kesil ozgartirish, vaqgincha, mavsumiy, mayatniksimon mokisimon migrasiya turlari boladi. Malum vaqt davomida hududga kochib kelgan va kochib ketgan kishilar soni ortasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Bazan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni ozgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.

Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toxtovsiz osib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan malum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan tola qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boladi.

Ozbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50–60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taminlash maqsadida shorolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy kochirib keltirish hisobiga boldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, kopchiligi Respublika tashqarisidan yollanma bilan kelgan kishilar boldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan song Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oz yurtlaridan qochoq bolganlar va badarga qilinganlar ham Ozbekistonda qonim topdilar.

Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy ananalar ham tasir korsatadi. Orta Osiyo xalqlarida, jumladan ozbeklarda tugilib osgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust.