ⓘ Daft Punk fransiyalik elektron musiqa dueti bolib, Guy-Manuel de Homem-Christo va Thomas Bangalterlardan tuzilgan. Daft Punk 1990-yillar oxiriga kelib Fransiyad ..

                                     

ⓘ Daft Punk

Daft Punk fransiyalik elektron musiqa dueti bolib, Guy-Manuel de Homem-Christo va Thomas Bangalterlardan tuzilgan. Daft Punk 1990-yillar oxiriga kelib Fransiyada house musiqa janrining yirik namoyondalariga aylandi va keyinchalik ular synthpop yonalishi bilan tajriba qilishga otishdi. Duet French house janrining yorqin namunalari yaratgan, deb hisoblanadi. Ijodining erta yillarida Daft Punk azolari The Beach Boys va The Rolling Stones guruhlaridan ilhomlanishgan.

Bangalter va de Homem-Christo avvaliga Darlin guruhida ijro etishgan. Guruh tarqalib ketganidan song ikkovlon Daft Punk duetini tuzib, 1997-yili Homework albomini chiqarishgan. 2001-yili chiqarilgan Discovery albomi yanada koproq muvaffaqiyatga erishib, undagi" One More Time”," Digital Love” and" Harder, Better, Faster, Stronger” qoshiqlari keng tarqab ketdi. 2005-yilgi Human After All albomi esa nisbatan yomon qarshilandi. Biroq ikki yol otib omma etiboriga havola etilgan Alive 2007 albomi Eng Yaxshi Elektronika/Dance Albomi sifatida Grammy mukofotiga loyiq topildi. Duet shuningdek Tron: Legacy filmi uchun soundtrack ham yozgan.

Daft Punk qiziqarli jonli konsertlari, xususan turli vizual unsur va samaralarni musiqaga monand ishlatishlari bilan diqqat qozongan. Duet azolari shuningdek omma oldida ohanjamador robot kiyimlari kiyib ijro qilishlari bilan ham mashhur.

                                     
  • Superqahramon yoki superqahramonlar quyidagi narsalarga murojaat qilishi mumkin: Superqahramonlar Daft Punk tomonidan Discovery dan olingan qo shiq