ⓘ Arktika zoogeografiya oblasti – Dunyo okeani zoogeografiya oblasti. Shimoliy kugb doirasidajoylashgan. Shimoliy muz okeanining Barens dengizi janubiygarbiy qism ..

                                     

ⓘ Arktika zoogeografiya oblasti

Arktika zoogeografiya oblasti – Dunyo okeani zoogeografiya oblasti. Shimoliy kugb doirasidajoylashgan. Shimoliy muz okeanining Barens dengizi janubiygarbiy qismidan tashqari hamma dengizlarini, jumladan Oq dengiz va Gudzon korfazini oz ichiga oladi. Chegarasi Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillari boylab Nyufaundlendning janubi-gacha davom etadi. Dengizlarining uncha chuqur bolmasligi va ularga juda kop daryolarning quyilishi sababli suvida tuzlar miqdori dunyo okeaniga nisbatan kam. Suvi sovuq bolganligi, kishda doim muz bilan qoplanganligi uchun hayvonot dunyosi xilma-xil emas, iliq dengizlarda keng tarqalgan kopchilik hayvonlar bu yerda uchramaydi yoki kam uchraydi. Suvning chuqurligi boylab harorat deyarli bir xil bolganligi uchun hayvonot dunyosi ham har xil chuqurlikda kam ozgaradi. Leknn qutb yozida suvning kecha va kunduz davomida yoritilib turishi tufayli Arktika suvlarida yezda fito va zooplanktonning ayrim turlari juda tez kopayib, katta bio massa hosil qilishi natijasida dengiz hayvonlarining kopayishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu jihatdan Barens dengizi diqqatga sazovordir. Shimoliy Atlantikadan bu yerga yezda treska, piksha, olaboga, seld, sayra kabi baliqlar koplab keladi, ular tral yordamida ovlanadi. Arktika zoogeografiya oblastining hayvonot dunyosi 3000 dan ortiq turni oz ichiga oladi, shundan 17 turi sut emizuvchilar, 150 turi baliklardan iborat. Sut emizuvchilardan oq ayiq, qutb, yani Grenlandiya kiti, beluxa va narval delfinlari, morj, kokildor tyulen; qushlardan kayra, qutb krachkasi, chistik va baliqchi qushlarning ayrim turlari; baliklardan semga, yalangbaliq, sharq treskasi, sayka va boshqalar Arktika zoogeografiya oblasti uchun xos bolgan hayvonlar hisoblanadi. Gagarka, kugb oq baliqchisi, sayka, sharq treskasi, ayrim losossimonlar endemik turlardir. Arktika zoogeografiya oblasti hayvonot dunyosiga odam faoliyati nisbatan kam tasir korsatgan. Arktika zoogeografiya oblastiga xos kopchilik hayvonlar soni kam bolgani uchun ularni qoriklash maqsadida bir kancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi Arktika havzasidan foydalanadigan barcha davlatlar ortasida oq ayiq va Grenlandiya kitini muhofaza qilish togrisida bitim tuzilgan. Morj, kokildor tyulen, oq baliqchi va baliqlarning bir qancha turlari ham muhofaza qilinadi.