ⓘ Armaniston togligi – Garbiy Osiyodagi uch toglikdan biri, asosan, butun Armaniston hududi va Gruziyaning janubiy qismini, qisman Turkiya va Eronni ishgol etgan. ..

                                     

ⓘ Armaniston togligi

Armaniston togligi – Garbiy Osiyodagi uch toglikdan biri, asosan, butun Armaniston hududi va Gruziyaning janubiy qismini, qisman Turkiya va Eronni ishgol etgan. Armaniston togligi garbda Kichik Osiyo togligiga, sharqda Eron togligiga qoshilib ketadi. Maydoni taxminan 400 ming km². Relyefi uchlamchi va tortlamchi davrlarning lava tuf jinslaridan tuzilgan yassitogliklar, vulkan konuslari va tektonik botiqlardan iborat, bu botiqdarni burmali-palaxsali tizmalar ajratib turadi. Kopgina tizmalar bir qancha songan vulkanlardan iborat. Eng yirik vulkanlari: Katta Ararat, Sebelan, Syupxan. Xrom, mis, temir, toshkomir, alunit va boshqalar foydali qazilmalari bor. Toglikdan Kura, Araks, Furot daryolari boshlanadi. Mineral buloqlar mavjud. Bazi bir botiklar kollar bilan band. Eng katta botiqlari: Ararat, Arzirum, Tabriz va boshqalar Iqlimi subtropik, kontinental. Toglarda yiliga 300 – 800 mm, botiqlarda 150 – 300 mm yogin yogadi. Botiqlar quruq dasht va chala chollardan iborat, tog yon bagirlarining pastroq qismlarida keng bargli va igna bargli ormonlar hamda butazorlar bor.