ⓘ Bosim bu- yuzaga perpendikular tasir qilayotgan kuchning shu yuzaga nisbatini ifodalovchi fizik kattalik. Bosimning rasman tan olingan birligi -Paskal. Unga kor ..

                                     

ⓘ Bosim

Bosim bu- yuzaga perpendikular tasir qilayotgan kuchning shu yuzaga nisbatini ifodalovchi fizik kattalik. Bosimning rasman tan olingan birligi -Paskal. Unga kora 1 m 2 ga 1N kuch tasir etsa, 1Pa bosim xosil boladi: R=F/S yani, 1Pa=1N/1M2. Lekin, amalda boshqa bosim birliklari ham keng qollaniladi. Masalan, texnikada texnik atmosfera bosimi, kilogram kuchning kvadrat metrga berayotgan bosimiga teng bosim qollaniladi. kgk/m2 birligi keng ishlatiladi, u balandligi 1 mm bolgan suv ustunining 1 m2 yuzaga bergan bosimiga teng. Shuning uchun, bu birlik 1mm suv ustuni yoki 1mm N2O ustuni deb yuritiladi. 1kgk/m2 = 1 mm H2O ust ≈ 10 Pa

Bosim - biror jismning boshqa jism sirtiga tik yonalishda tasir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa yoki kgk/sm2 da olchanadi. Jism sirtiga tik tasir qiladigan kuchlar B. kuchlari deb ataladi. Kuchlar sirt boylab tekis taqsimlangan bolsa, u holda B. P=F/Sh bunda F - jism sirtiga tasir qiladigan kuch, S - jism sirti. B.ning bir necha turi mavjud. Gidromexanik B. - suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik tinch holatdagi suyuklikka oid va gidrodinamik harakatdagi suyuqlikka oid xillarga bolinadi. Gidromexanik B.ning atmosfera bosimidan ortishi ortiqcha B., atmosfera bosimidan kichik B. vakuummetrik B. deb ataladi. Dinamik B, - harakatdagi suyuqlik zarrasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari, havo bosimi, bug bosimi, parsial bosim gazga oid, yonilgi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boladigan gaz bosimi va boshqa xil B.lar boladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit B.lari birgalikda mutlaq B. deyiladi. Bunday B. ata bilan ifodalanadi. Fan va texnikada juda kichik qarang Vakuum texnikasi va juda yuqori B.lar bilan ish koriladi. Kichik B.lar asosan tor bilan qarang Vakuum, atmosfera B.idan yuqori B.lar atmosfera atm, millimetr simob ustuni mm sim. ust. yoki millimetr suv ustuni mm suv ust. bilan olchanadi. Meteorologiyada B. birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida qarang Birliklar tizimi B. birligi sifatida N/m2 kvadrat metrga nyuton, SGS tizimida - dina/sm2 kvadrat santimetrga dina, MKGSS tizimida - kgk/m2 kvadrat metrga kilogramm kuch qabul qilingan. B. barometr, datchik va manometr bilan olchanadi.

Katta qiymatlardagi bosimni ifodalash uchun SI sistemasiga tegishli bolmagan Bar birligi ham keng ishlatiladi. 1 bar = 105 Pa = 1.02 kgk/sm2=10200 mm H2O ust. Texnikada keng tarqalgan bosim olchov birligi bu meyoriy atmosfera bosimi xisoblanadi. U erkin tushish tezligi 9.806 m/s va simob zichligi 13.595 bolganda, balandligi 760 mm bolgan simob ustunini muvozanatlagan xavo bosimi, yani meyoriy atmosfera bosimi orqali ifodalanadi. Bunday simob ustuni xar bir kvadrat santimetrga oz ogirligiga teng bolgan bosim bilan tasir korsatadi. 1Ratm = 760 mm Hg ust. = 1.033 kgk/sm2 = 101325 Pa = 1.01 bar. Agar bosimni togridan togri milimetr simob ustuni tarzida ifodalasak, 1 mm Hg ust = 133.3 Pa = 13.59 mm H 2 O ust. Bosim simob ustuni balandligi birligida ifodalansa, Atmosfera bosimini simob ustuni yordamida olchashni kashf etgan olim Evangelista Torricelli sharafiga birligini Torr deb yuritiladi.

                                     
  • Kritik bosim lot. kritikos - chegara - modda yoki moddalar aralashmasi ning kritik holataati bosimi. Har bir modda xususiy Kritik bosim ga ega. Kritik
  • Bosim datchigi - gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan o lchov o zgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga
  • yonishi porox Bosim akkumulyatori yoki suyuq yonilg ining yonishi suyuqlik Bosim akkumulyatori natijasida amalga oshadi. Bosim akkumulyatori dan
  • Bosim ostida quyish metallurgiyada - suyultirilgan material metall, plastmassa, rezina aralashmasi va boshqalar qolip forma ga bosim ostida haydaladigan
  • Bosim bilan ishlov berish - mashinasozlik texnologiyasida detallarga mexanik ishlov berish usuli. Bunda material xom ashyo bosim ostida qisiladi yoki
  • Osmotik bosim diffuziya bosimi - suyuklikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo bo ladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma
  • redirect Osmotik bosim
  • ichida - arterial, kapillyarlar ichida - kapillyar va venalar ichida - venoz bosim bo ladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi bo ylab oqishiga imkon beradi
  • strophe - burilish, aylanish - ishqalanish kuchi bo lmagan, gorizontal bosim gradiyent kuchi S bilan Yer aylanishining og diruvchi kuchi A muvozanatlashgan
                                     

Gidrostatik podshipnik

Gidrostatik podshipnik - ishqalanuvchi sirtlari orasiga moy qatlami bosim ostida yuboriladigan sirpaiuvchi podshipnik. G. p. aylana boshlaganda uning ishqalanish koeffitsiyenti nolga yaqin boladi, yani deyarli yedirilmaydi. G. p. katta diametrli, sekin aylanuvchi val va rotorlarga ornatiladi".