ⓘ Abdulhamid II – Turkiya sultoni. U 1876-yil dekabrda Yangi Usmonlilar jamiyati bilan bogliq liberal guruhlar rahbari Midhat posho boshchiligida otkazilgan saroy ..

Ittihod va taraqqiy

"ITTIHOD VA TARAQQIY" - turk inqilobchilarining siyosiy tashkiloti. Bu tashkilot azolari keyinchalik ozlarini Yosh turklar deb atashgan. 1889 y. Istan-bulda Yosh turklarning maxfiy siyosiy tashkiloti sifatida tashkil topdi. Unga Istanbul harbiy tibbiyot oquv yurti talabalari Abdulla Javdat, Ibrohim Temo, Ishoq Sukuti, Mahmed Rashid asos soldi. Tashkilotning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II ning mustabid hokimiyatini konstitutsion tuzum bilan almashtirishdan iborat bolgan. Tez orada xo-rijda ularning "Usmonlilar Ittihod va taraqqiy jamiyati" ham tuzildi. 1892 y.dan Parijda turk tilida ta ...

                                     

ⓘ Abdulhamid II

Abdulhamid II – Turkiya sultoni. U 1876-yil dekabrda "Yangi Usmonlilar" jamiyati bilan bogliq liberal guruhlar rahbari Midhat posho boshchiligida otkazilgan saroy tontarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida adolatparvarligi bilan nom qozongan. Abdulhamid II dushmanlar hiylalariga qarshi kurashib keldi. U jar yoqasidagi Usmoniylar imperiyasini yana 30 yildan oshiqroq saqlanib qolishida katta xizmat qildi. Mamlakatda sotqinlar kopligi, jamiyatning garbga havas qilishi, Sultonning odilona siyosati Garb tomonidan buzib korsatilishi Sultonga nisbatan notogri tushunchani keltirib chiqardi. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham ijobiiy yol tutdi. U doimo xalq manfaatlari uchun ķurashdi. 1903-yilda Germaniya mashhur Bagdod temir yolini qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909-yil Abdulhamid II ga qarshi bosh kotarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II 1918 yilda vafot etdi.