ⓘ Babezioz, babeziyellyoz –qoramol, qoy va echkilarda Babesia turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar qozgatadigan yuqumli kasallik. Babezioz hayvonlarga kanal ..

                                     

ⓘ Babezioz

Babezioz, babeziyellyoz –qoramol, qoy va echkilarda Babesia turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar qozgatadigan yuqumli kasallik. Babezioz hayvonlarga kanalar orqali yuqadi. Kasallikning kechishi 4–8 sutka. Kasallangan hayvonning tana harorati keskin kotariladi, tez ozadi, suti kamayadi, bazan suti rangi qon aralash sargayadi, mazasi taxir boladi. Kasallik katta hayvonlarda ogir kechadi. Hayvonlarning kopi nobud boladi. Asosan yoz–kuz davrida koproq uchraydi. Tashhis qonni mikroskopik tahlil qilish asosida qoyiladi. Babezioz bilan ogrigan hayvonlarga bu kasallik 2–3 yilgacha yuqmaydi.

Davolash: muskul orasiga azidin, berenil, diamidin yuboriladi. Oldini olish va qarshi kurash choralari: kasal hayvonlarni kimyoviy preparatlar bilan davolash; kanalarni yoqotish yaylov hamda hayvonlarga 1% li xlorofos eritmasi purkaladi.