ⓘ Badaviy – Arabiston yarim orol va Shimoliy Afrika chollarida yashaydigan kochmanchi, yarim kochmanchi arab qabilalari. B.lar Sudan va Shimoliy Afrika, Markaziy ..

                                     

ⓘ Badaviy

Badaviy – Arabiston yarim orol va Shimoliy Afrika chollarida yashaydigan kochmanchi, yarim kochmanchi arab qabilalari. B.lar Sudan va Shimoliy Afrika, Markaziy Arabiston, Suriya, Iordaniya, Iroq, Misr va boshqa joylarda yashaydilar. Arab tarixchilari tuzgan shajaraga kora, B. qabilalari ikkita asosiy guruhga bolingan: Janubiy Arabiston, yani Yaman qabilalari va Shimoliy Arabiston qabilalari. B.larda bir necha oila birikib ahlni, kop sonli oila urugni, uruglar esa qabilalarni tashkil etadi. Rivojlanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar B. hayotiga ham tasir qilib bormoqda, bu qabilalar tobora otroqlashmoqda. B.lar ortasida urugqabilachilik munosabatlari hozirgi ham bir qadar saqlanib qolgan. B. lar asosan chorvachilik, ovchilik va kirakashlik bilan shugullanadi. Yolovchi savdogarlardan olinadigan boj ham B.larning tirikchilik manbalaridan biri hisoblanadi.