ⓘ Badanga shikast yetkazish – jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini yoki azolarid ..

                                     

ⓘ Badanga shikast yetkazish

Badanga shikast yetkazish – jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini yoki azolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish. Ozbekiston Respublikasi JKda Badanga shikast yetkazishye.ning ogirlik darajasiga qarab: qasddan badanga ogir, ortacha ogir, yengil shikast yetkazish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogir yoki ortacha ogir shikast yetkazish, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogir shikast yetkazish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan shikast yetkazish boyicha alohida javobgarlik kozda tutilgan. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bolgan qasddan badanga ogir shikast yetkazish natijasida korish, sozlash, eshitish qobiliyatini yoqotish yoxud biron azoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoqolishiga, ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sogligi buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan kam bolmagan qismining doimiy yoqolishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bolgan shikast yetkazish qasddan badanga ogir shikast yetkazish sanaladi va aybdor 5 yildan 8 yilgacha muddatga; Badanga shikast yetkazishye. ota shafqatsizlik bilan; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; tamagirlik niyatida; bezorilik oqibatida; millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; diniy taassublar zamirida; kishi azolarini kesib olib, boshqa kishiga kochirish maqsadida; bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bolsa, 8 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.