ⓘ Badanni artish – salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan choratadbir; davo-profilaktika muolajasi; bunda suvga hollangan dagal sochiq bilan butun ..

                                     

ⓘ Badanni artish

Badanni artish – salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan choratadbir; davo-profilaktika muolajasi; bunda suvga hollangan dagal sochiq bilan butun gavda yoki uning ayrim qismlari ni tez va kuch bilan artib, keyin teri qizarguncha quruq sochiq bilan ishqalanadi. Kuniga Badanni artish, bunda suv haroratini 30– 32° dan 18–20° gacha pasaytirib borish yaxshi naf beradi. Badanni artish kishini tetiklantiradi va organizmning tashqi tasirotlarga chidamini oshiradi. Bu muolajada teridagi qon tomirlari torayib, organizm kam issiqlik yoqotadi va gavdada kop issiqlik yigiladi. Teridagi qon tomirlar torayganda periferik azolarga qon oqib kelishiga tosqinlik oshadi; yurak qisqarishi tezlashadi va qon bosimi bir oz kotariladi. Teriga sovuq tekkanda nerv sistemasi qozgaladi, bunda sovuq tasir qila bersa, teridagi toraygan qon tomirlari kengayib, devoridagi muskullar tonusi oshadi, qon tez oqib keladi. Teri qon tomirlari kengayganda qon bosimi bir oz pasayadi va puls sekinlashadi. Badan oldin hol, keyin quruq sochiq bilan artilsa, teri qon tomirlari bir oz vaqt torayib, sovuq seziladi, teri oqaradi va muzdek tuyuladi. Tomir kengayishi bilan teri qizaradi va qolga issiq seziladi, kishi ozini tetik, bardam, baquvvat sezadi. Organizmni chiniqtirish, charchoqni yozish, nevrasteniya va boshqa kasalliklarni davolashda Badanni artish muolajasi qollaniladi.