ⓘ Badarga – 1 19–20-asr boshlarida chor Rossiyasida shaxsni sud orqali yoki mamuriy tartibda biror shahar yoxud muayyan gubernadan uzoqlashtirish. Bunda osha shax ..

                                     

ⓘ Badarga

Badarga – 1) 19–20-asr boshlarida chor Rossiyasida shaxsni sud orqali yoki mamuriy tartibda biror shahar yoxud muayyan gubernadan uzoqlashtirish. Bunda osha shaxsga mazkur joydan tashqarida istiqomat qilish joyini tanlash huquqi berilgan yoki bunday huquq berilmagan. B. qilinganlar politsiya nazoratida bolgan; 2) jazoning bir turi. Mahkumni uning istiqomat joyidan uzoqlashtirib, muayyan joylarda yashashini man etish. Ozbekistonda 18 yoshga tolgan shaxslar sodir etgan jinoyat uchun asosiy yoki qushimcha jazo tarzida 1995 yil 1 aprelgacha amalda bolgan qonunlarda B. kozda tutilgan va 5 yilgacha muddatga qollanilgan. B. qilingan shaxs bolishi taqiqlangan viloyat, shahar yoki tumanga borgan taqdirda mamuriy tartibda jazolanar, bunday qilmishni takrorlasa, bir yarim yilgacha ozodlikdan mahrum etilar edi. B. insonparvarlik ruhiga zid va samarasizligi sababli bekor etilgan.