ⓘ Badboylar, skunslar – susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni chochitadigan juda badboy hidli suyuqlik ishlab chiqara ..

                                     

ⓘ Badboylar

Badboylar, skunslar – susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni chochitadigan juda badboy hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9–11 turi, 3 urugi malum. Yol-yol B. tanasining uz. 28–38 sm, moynasi qalin, yumshoq, qoramtir-qongir rangda. Tanasining orqa tomonida boshidan dumigacha keng yoli borligi tufayli uzoqdan kozga tashlanadi. Xavf tugilganda anal bezidan kozga tasir qiladigan suyuqpik sachratadi. Ormon, chol va dasht mintaqalarida yozda yakka-yakka, qishda toda bolib yashaydi. Shimoliy hududlarida qishki uyquga ketadi. Odatda kechasi faol hayot kechiradi. Osimliklarning mevasi, mayda umurtqali hayvonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Urgochilari uyasida bir yilda bir marta 4–10 ta bola tugadi. Bolalari bir yildan song voyaga yetadi. Yol-yol B. qimmatbaho moyna beradigan hayvon, maxsus fermalarda kopaytiriladi. Chipor B. 2 turni oz ichiga oladi, ogirligi 1 kg dan oshmaydi. Juni juda yumshoq, qora rangda, yirik oq doglari boladi. Dumidagi yunglari uzun, tumshugida kalta. AQShning janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Chochqaburun B. 6–7 turdan iborat. Janubiy Amerikada tarqalgan. Tanasining uz. 30–49 sm, dumi 16– 41 sm, ogirligi 2.3–4.5 kg. Juni oq va qora. Oqburun B. tanasi va boshi qora, orqa qismi, dumi va tumshugining uchi oq rangli.