ⓘ Baden maktabi – 19 a. oxiri va 20 a. boshidagi neokantchilik yonalishi. Asosiy namoyandalari – V. Vindelband va G. Rikkert Baden yeridagi Freyburg va Xeydelberg ..

                                     

ⓘ Baden maktabi

Baden maktabi – 19 a. oxiri va 20 a. boshidagi neokantchilik yonalishi. Asosiy namoyandalari – V. Vindelband va G. Rikkert Baden yeridagi Freyburg va Xeydelberg universitetlarida dars bergan. Baden maktabi vakillari insoniyat madaniyati manaviy qadriyatlar zamiriga qurilgan, degan goyani olga surdi. Tabiatshunoslik fanlarining uslubiyotini tarix fanlari uslubiyotiga qaramaqarshi qoydi. Tabiatshunoslikni tabiat hodisalarining takrorlanuvchi va umumiy qonuniyatlari haqidagi, tarixni taraqqiyotning alohida faktlari togrisidagi fan, deb hisobladi.

Baden maktabi vakillari fanlarni predmetlariga qarab emas, balki tadqiq qilish uslubiyotiga qarab tasnif etgan, tarixning obyektiv qonuniyatlari mavjudligini rad qilgan.