ⓘ Badiiy gimnastika – sport turi, buyum bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boyicha ayollar musobaqalari. Xalqaro spo ..

                                     

ⓘ Badiiy gimnastika

Badiiy gimnastika – sport turi, buyum bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boyicha ayollar musobaqalari.

Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida kop kurash bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar hamda buyum bilan guruh bolib erkin mashqlari mavjud. Goliblar kop kurashda, alohida va guruh bolib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boyicha baholanadi. 40-yillardan badiiy gimnastika musobaqalari otkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi FIJ badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari otkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya oyinlari dasturiga kiritilgan.

Ozbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda otgan ittifoq chempionatida 1-orinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati Xitoyda, 1997-yil jahon chempionati Germaniyada ishtirok etdi.