ⓘ Badiiy korgazmalar direksiyasi, Badiiy korgazmalar va panoramalar direksiyasi – muzey maqomiga ega bolgan mustaqil ijodiy ishlab chiqarish muassasasi; Ozbekisto ..

                                     

ⓘ Badiiy korgazmalar direksiyasi

Badiiy korgazmalar direksiyasi, Badiiy korgazmalar va panoramalar direksiyasi – muzey maqomiga ega bolgan mustaqil ijodiy ishlab chiqarish muassasasi; Ozbekiston Badiiy Akademiyasi qaramogida. 1959 yilda Toshkentda tashkil etilgan. Badiiy korgazmalar direksiyasi d. ozbek sanatini keng targib qilish va ommalashtirish, Ozbekiston hududida va undan tashqarida ozbek va jahon sanati korgazmalari tashkil etish, Respublika BA badiiy qadriyatlar jamgarmasi, muzeylar xazinasi va shaxsiy toplamlarni toldirish bilan bogliq bolgan ishlarni amalga oshiradi, tasviriy sanat asarlariga buyurtmalar berish va sotib olish, ularni saqlash bilan shugullanadi. Muzey faoliyati tomoshabin dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. Muzey tuzilganidan beri Ozbekiston Respublikasining turli chekka tumanlarida, sobiq Ittifoq, MDH va chet mamlakatlardagi muzey va suratlar galereyalarida 4 mingdan ziyod korgazmalar uyushtirdi. Muzeyning 13 mingdan ortiq badiiy qadriyatlarga ega bolgan xazinasi, badiiy saloni, xojalik xizmatiga ega bolgan korgazma zali bor.

Muzey orta asrlar Orta Osiyo memorligi ananalarida 1934 yilda qurilgan binoda joylashgan memori A. I. Petelin, K. V. Babiyevskiy. Binoning peshtoqi yoysimon bolib, rangdor koshinlar bilan bezatilgan Ozbekiston xalq rassomi M. Rahimov chizmasi asosida; yogoch oymakorligining ajoyib namunasi bolgan eshikni usta M. Qosimov boshchiligidagi bir guruh xalq ustalari yaratgan. Bino interyerida yoysimon ravoqli derazalar kop, bir-biriga tutash anfiladali 4 ta hashamatli xonalari uzaro yoysimon ravoqlar bilan boglangan.