ⓘ Badiiy muzeylar – tasviriy va amaliy bezak sanati hamda memoriy yodgorliklarni yigish, saqlash, tamirlash, saralash, korgazmalarda namoyish etish, organish, tar ..

                                     

ⓘ Badiiy muzeylar

Badiiy muzeylar – tasviriy va amaliy bezak sanati hamda memoriy yodgorliklarni yigish, saqlash, tamirlash, saralash, korgazmalarda namoyish etish, organish, targib etish bilan shugullanadigan, sanatshunoslik yunalishidagi ilmiy marifiy va tadqiqotlar olib boriladigan muassasalar. Muzeylar toplamlari muntazam yangi sanat asarlari hisobiga boyib turadi, ular korgazma zallariga, toplamni asrash uchun qoshimcha xonalarga, tamirlash ustaxonasi, qiroatxonali kutubxona, fototeka, fotolaboratoriya va shahrik.ga ega. Qadimda sanat asarlari ibodatxonalarda, jamoat binolarida, hukmdorlarning saroylarida, rassom va haykaltaroshlarga, bezak sanati ustalariga homiylik qilgan badavlat kishilarning xonadonlarida yigib saqlangan. Sanat asarlarini izchil tarzda toplash Uygonish davridan boshlandi, maxsus binolar ajratildi, bu binolar muzey deb atala boshlandi. Dastlabki Badiiy muzeylar orasida eng muhimi antik sanat asarlari, italyan rassomlarining kartinalaridan iborat bolgan Medichilar toplamidir. Garbiy Yevropa mamlakatlarida sanat asarlari saqlanadigan galereyalar tashkil topdi, ayrim xususiy toplamlarda asarlar milliy maktablarga ajratildi. Londonda birinchi davlat muzeyi – Britaniya muzeyi tashkil qilindi, davlat ixtiyoridagi Badiiy muzeylar kishilarni sanat asarlari tasirida tarbiyalaydigan muassasalarga aylandi. 19-asr mobaynida ixtisoslashtirilgan muzeylar, 20-asrdan zamonaviy sanatga bagishlangan muzeylar vujudga keldi. Sharq mamlakatlarida ham Badiiy muzeylar kopaydi.

Ozbekistonda Badiiy muzeylar tashkil etish 19-asrning 70-yillarida boshlandi. Ozbekiston davlat sanat muzeyi 1918 yil knyaz Romanov toplami asosida tashkil topdi, keyinchalik yangi toplam va asarlar bilan boyib bordi, shuningdek hozirgi Ozbekistonda yashab ijod etgan va etayotgan sanatkorlarning asarlari hisobiga boyib bormoqda. Ozbekiston amaliy sanat muzeyi, A. Ikromov nomidagi Ozbekiston xalqlari madaniyati va sanati tarixi muzeyi va boshqa Badiiy muzeylar faoliyat korsatmoqda. Badiiy muzeylar faoliyatida muzeylarda saqlanayotgan sanat asarlari toplamini organishga va tartibga solishga, ularning toliq korsatkichlarini tuzish va nashr qilishga, malum sanalarga bagishlangan tadbir sessiya, korgazmalar uyushtirishga, aholini estetik tarbiyalashda ekskursiya, maruza, suhbatlar,badiiy studiyalar ishini yolga qoyishga alohida ahamiyat beriladi.