ⓘ Badiiy oqish – estrada sanatining bir turi: adabiy asar yoki dramatik parchani omma oldida ijro etib, tinglovchilarga asar mohiyatini badiiytasirchan qilib yetk ..

                                     

ⓘ Badiiy oqish

Badiiy oqish – estrada sanatining bir turi: adabiy asar yoki dramatik parchani omma oldida ijro etib, tinglovchilarga asar mohiyatini badiiytasirchan qilib yetkazish. Otmishda Badiiy oqish xalq baxshilari, ertakchilari, qiziqchilari ijodining asosi hisoblangan. Yunoniston, Rim va Fransiyada badihagoylik, deklamatsiya, ifodali oqish sanati keng rivojlangan. Rossiyada Badiiy oqishning ikki turi – oz asarlarini mohirlik bilan ijro etish va professional turlari bolgan. Ogzaki ifodali nutq qadimdan ozbek baxshi, ertakchi va dostonchilari, qissaxonlari sanatining asosini tashkil qilgan. Ozbek B.o. sanati tarixida Qosimqul Dostmurod, Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi ogli, Husanboy Rasul ogli kabi ozbek ertakchilari va Ergash Jumanbulbul ogli, Fozil Yoldosh ogli, Polkan shoir, Islom shoir kabi xalq shoirlarining xizmatlari katta. Ozbek ertakchi va dostonchilari, baxshilari asarning tiliga, ifodalarining ixcham, sodda, tushunarli va obrazli bolishiga etibor berish bilan birga ijro vaqtida ovozning bir tondan ikkinchi tonga otishi dan, nutqiy tasnifdan, taqdid uslubidan, mimika va qol harakatlaridan hozirjavoblik, musiqa va xonandalik sanatidan ustalik bilan foydalanadilar. Shuningdek, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, F.Gulom kabi ozbek adiblari ham oz asarlarini mohirlik bilan ijro etishgan. Ozbek B.o. sanatini rivojlantirishda A. Hidoyatov, Sh. Burhonov, O. Xojayev, N. Rahimov, E. Komilov, M. Abduqunduzov kabi ozbek aktyorlarining ham xizmatlari bor. Badiiy soz ustasi, respublikada xizmat korsatgan artist Muhsin Hamidov B.o. sanati sohasida tanilgan professional ijrochidir. B.o.ning bir aktyor teatri, melodeklamatsiya, ifodali oqish kabi turlari mavjud.