ⓘ Badiha – xalq ogzaki ijodi ananalari asosida tuyqusdan, birdaniga aytilgan soz, sher yoki qoshiq. Jahon xalqlari ijodida uchraydi. Muayyan asarni ijro yoki qayt ..

                                     

ⓘ Badiha

Badiha – xalq ogzaki ijodi ananalari asosida tuyqusdan, birdaniga aytilgan soz, sher yoki qoshiq. Jahon xalqlari ijodida uchraydi. Muayyan asarni ijro yoki qayta ijro etganda ijodkorning unga kiritgan ijodiy ozgartishlari. B. sanatning barcha turiga xos bolib, tur va janrlar xususiyatiga kora turli korinishlarda namoyon boladi. B. deganda, kop hollarda sheriy tabga ega, sozga chechan kishilarning tayyorgarliksiz, tosatdan, qandaydir ichki tugyon bilan aytgan jozibali sozlari, satrlari tushuniladi. Lekin har qanday B. yuksak tajriba va iqtidor bilan bogliq. Baxshilar, askiyachilar, masharabozlar, ertakchilar sanatida bu yorqin namoyon boladi. Hatto xalq ogzaki ijodining ayrim janrlari tolaligicha B. asosida ijro etiladi. Xalq ijodchilari orasida B. sanati qadimdan yuksak qadrlanib kelgan. Polkan, Islom shoir, Fozil Yoldosh ogli, Ergash Jumanbulbul ogli va boshqa baxshi-shoirlar, Yusufjon qiziq, Amin buva, Joraxon Sultonov, Abdulxay Maxsum Qozoqov va boshqa soz ustalari ijodida B. asosiy orin tutadi. Yozma adabiyotda B. asosan mushoira tarzida yaratilgan. B.lar yaratish va aytish ayniqsa Alisher Navoiy zamonida taraqqiy etgan.