ⓘ Badriddin Kashmiriy – tarixchi, adib, shoir. 1554 yil Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Sad va Xoja T ..

                                     

ⓘ Badriddin Kashmiriy

Badriddin Kashmiriy – tarixchi, adib, shoir. 1554 yil Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Sad va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi bolgan. B. K. Abdullaxon II ga bagishlangan "Zafarnoma" dostoni, koplab masnaviy, gazallar, shuningdek umumiy tarixning Shayboniyxongacha bolgan davrini qamrab olgan "Rasulnoma" asarini yozgan. B. K.ning bizgacha yetib kelgan tarixiy asarlaridan biri "Ravzat arrizvon va hadiqat algilmon" bogi va gilmon bostoni") bolib, u taxminan 1589–90 yillarda yozilgan. Asar muqaddima, xotima va 7 bobdan iborat bolib, Joybor xojalarining hayoti, ularning shayboniy sultonlari bilan olib borgan yozishmalariga bagishlangan. Unda Movarounnahrning 16-asr 2-yarmidagi iqtisodiysiyosiy ahvoli, madaniy hayoti, Buxoro xonligining Eron, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Xorazm, qozoqlar, qirgizlar bilan siyosiy aloqalariga oid koplab malumotlarni uchratish mumkin.