ⓘ Bajan Mikola – ukrain shoiri va jamoat arbobi. Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik, Ozbekiston xalq shoiri, Ukrainada xizmat korsatgan fan arbobi. Ukraina ensik ..

                                     

ⓘ Bajan Mikola

Bajan Mikola – ukrain shoiri va jamoat arbobi. Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik, Ozbekiston xalq shoiri, Ukrainada xizmat korsatgan fan arbobi. Ukraina ensiklopediyasi bosh muharriri. "On yettinchi soqchi" ilk sheriy toplami 1926 yilda bosilgan. "Saflanish", "Gofman tuni", "Soqirlar" kabi tarixiy asarlarida yaxshilik bilan yomonlik ortasidagi ziddiyat aks etgan. 20-yillarda futurizm va konstruktivizm tasirida ijod qila boshlagan, lekin tez orada realistik sher va dostonlar yozishga kirishgan. B.ning "Angliya taassurotlari", "Odamlar, kitoblar, sanalar", "Oylar va xotiralar" kabi asarlari xalqlar dostligi, tinchlik uchun kurash mavzuida. B. 1930, 1941–42 yillarda Ozbekistonda yashagan, taassurotlari "Ozbekiston sherlari" turkumiga kirgan sherlarda aks etgan. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonini ukrain tiliga tarjima qilgan. Asarlari ozbek tilida nashr etilgan.