ⓘ Bakterioliz – bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizotsim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz tasirida erishi, immun reaksiyalarning bi ..

                                     

ⓘ Bakterioliz

Bakterioliz – bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizotsim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz tasirida erishi, immun reaksiyalarning bir turi. B. bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikon va sitoplazma membranasining yemirilishidan iborat. Spesifik va nospesifik B. farq qilinadi. B. odam va hayvonlar organizmida mikrobga qarshi antitelolar tasirida roy beradi. Bu jarayon bakterioliz reaksiyasi deb atalib, laboratoriya sharoitida ham qollaniladi. Oldindan tayyorlab qoyilgan malum immun zardob vositasida kasallik mikrobini aniqlash mumkin. Reaksiya oqibatida mikrob hujayrasining yuzasidagi moddalar parchalanib, ichidagi mahsulot atrof muhitga ajralib chiqadi. Bu reaksiyadan asosan organizmda mikrobga qarshi antitelolar hosil bolish jarayonini organishda foydalaniladi.