ⓘ Bakteriuriya - siydikda bakteriyalar bolishi; buyrak va siydikning yalliglanish kasalliklari, shuningdek ich terlama, brutsellyoz, leptospiroz va boshqa yuqumli ..

                                     

ⓘ Bakteriuriya

Bakteriuriya - siydikda bakteriyalar bolishi; buyrak va siydikning yalliglanish kasalliklari, shuningdek ich terlama, brutsellyoz, leptospiroz va boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Chin va soxta boladi. Chin B.da mikroblar siydik yollarida kopayib turadi. Soxta B.da mikroblar qondan siydikka otadi-yu, kopaymay chiqib ketadi. Yuqoridagi kasalliklarda bakteriyalar qondan siydikka otadi. Siydik chiqarish kanali da doim mikroblar bolganligi uchun soglom kishilar siydigidan ham kopincha bakteriyalar topiladi. B.ni aniqlash uchun siydik maxsus muhitlarda undiriladi, chokmasi mikroskopda kozdan kechiriladi. Ich terlama, brutsellyoz, rikketsioz, leptospiroz bilan ogrigan kishilarning siydigi bilan bakteriyalar chiqishi tevarak-atrofdagi kishilarga kasallik yuqishi xavfini tugdiradi.