ⓘ Mixail Bakunin. Mixail Aleksandrovich Bakunin - inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri. 1848 - 49 yillardagi Yevropa inqilobiy harakatlarining ishtirokch ..

                                     

ⓘ Mixail Bakunin

Mixail Aleksandrovich Bakunin - inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri. 1848 - 49 yillardagi Yevropa inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849 y. mayida Bakuninni Drezden qozgoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari olimga, song umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq B. Rossiya hukumati qoliga topshirilgach, Nikolay I buyrugi bilan Sibirga surgun etildi. 1861 y.da B. u yerdan qochib, Yaponiya va Amerika orqali Londonga keldi. Turli inqilobiy tashkilotlar, nashrlar, maxfiy jamiyatlar ishida faol qatnashdi. 1868 y.da 1-Internatsionalga kirib, Marks va safdoshlariga qarshi kurash boshladi. B. "Davlat tuzumi va anarxiya" asarida tarix - evolyutsion jarayon, u insoniyatning "hayvonot dunyosidan" "ozodlik dunyosi" sari harakatidan iborat, degan goyani ilgari surdi. Uning fikricha, taraqqiyotning yuqori bosqichida zulm-istibdodga asoslangan har qanday davlat barham topadi, insonning barcha qobiliyatlari kamolga yetishi uchun imkon yaratiladi.