ⓘ Bal raqsi - ommaviy kongil ochishga moljallangan raqs kechalari da ikki yoki undan ortiq juftliklar ijro etadigan raqs. Bal raqsi 14-asrda Italiyada yuzaga kelg ..

                                     

ⓘ Bal raqsi

Bal raqsi - ommaviy kongil ochishga moljallangan raqs kechalari da ikki yoki undan ortiq juftliklar ijro etadigan raqs. Bal raqsi 14-asrda Italiyada yuzaga kelgan. Bal raqsi ning nazariy qonun-qoidalari shu yerda shakllangan, keyinchalik Fransiyada keng tarqalgan. 14 - 16-asrlarda Italiya va ayniqsa Fransiyada branl, volta Bal raqsi lari mashhur boldi. 17-asrdan butun Yevropa boylab keng tarqaldi. Har bir mamlakatda oziga xos yosinda shakllandi va turli korinishlarda boyib bordi. Xalq orasida burre, gavot, allemanda, menuet chakonna, jiga, sarabanda turlari ommalashdi. 18-asr ga kelib paspye, myuzet, rigodon, kontrdans, ekossez, lendler kabi erkin raqslar keng yoyildi. 19-asrda tampet, mazurka, polonez, matredur, kadril, lensye, landler, galop, kankan, polka, turli korinishdagi valslar va boshqa ritmik tarzda rivojlandi. 19-asr ortalaridan vals eng mashhur Bal raqsi ga aylandi. 20-asrdan Amerika va Yevropa Bal raqsi urf boldi. Ozbekistonda Bal raqsi Rossiya tasirida 19-asr oxirlaridan ijro etila boshlagan. Hozirgi kunda Bal raqsi madaniyat saroylari, havaskorlik togaraklari va boshqa joylarda, shuningdek professional raqqoslar tomonidan ijro etilib kelinmoqda.