ⓘ Balandlik mintaqalari - toglarda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy ozgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil bol ..

                                     

ⓘ Balandlik mintaqalari

Balandlik mintaqalari - toglarda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy ozgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil bolish jarayonlari, osimlik va hayvonot dunyosi tarkibining ozgarishida kuzatiladi. Balandlik mintaqalari ning xususiyatlari yon bagirlarning ekspozitsiyasi, ularning hukmron havo massalariga nisbatan joylashganligi va okeanlardan uzoqligi bilan aniqlanadi. Mintaqalar soni odatda baland toglarda ekvatorga yaqinlashgan sari ortadi.

Atmosfera bosimi troposferada 133 n/m2 ga har 11 – 15 m balandlikda 1 mm simob ustuniga pasayadi. Jami suv bugining yarmi 1.5 – 2 km dan quyida toplangan bolib, yuqoriga kotarilgan sari bug va havodagi chang kamayadi. Shunga kora quyosh radiatsiyasining institutensivligi toglarda yuqoriga kotarilgan sari ortadi, tog yon bagirlari yuzasidan atmosferaga tushayotgan uzun tolqinli nurlar va atmosferadan tushayotgan muqobil nurlar kamayadi. Atmosferada radiatsiyaning yutilishi va qaytarilishi sharoitlarida va havoning vertikal almashishida havo temperaturasi, odatda, troposferada har kilometr balandlikda ortacha 5 - 6° kamayadi.

Kishilarning xojalik faoliyati tabiat bilan bogliq bolganligi sababli madaniy landshaft ham ozgaradi. Toglardagi eng quyi mintaqa landshafti shu tog joylashgan zona landshaftiga oxshaydi. Mac, choldagi toglarning quyi mintaqasi cholga oxshash. Balandlik mintaqalari yuqoriga kotarilgan sari tekislik zonalari tabiati almashingan tartibda ozgara borsa ham lekin aynan takrorlanmaydi. Mac, toglardagi tundra va muzlik mintaqalarida qutb kun-tunlari bolmaydi, bu narsa tabiatning boshqa omillarida ham oz aksini topadi. Mintaqalarning tabiatiga mahalliy sharoit, shamol, relyef, tog yon bagirlari ham tasir korsatadi. Balandlik mintaqalari ikki guruhga - dengiz boyi Balandlik mintaqalari va quruqlik Balandlik mintaqalari ga bolinadi. Orta Osiyo toglarining etagida chol mintaqasi, songra tog dashtlari, undan yuqorida tog ormonlari, songra tog otloqlari, yana ham yuqorida baland tog chollari va, nihoyat, qor-muz mintaqalari joylashgan.