ⓘ Balansomer - yer sirti yoki atmosferadagi istalgan nuqtaning radiatsiya balansini olchaydigan asbob. B.ning kop xillari bor. Lekin termoelektrik B. koproq ishla ..

                                     

ⓘ Balansomer

Balansomer - yer sirti yoki atmosferadagi istalgan nuqtaning radiatsiya balansini olchaydigan asbob. B.ning kop xillari bor. Lekin termoelektrik B. koproq ishlatiladi. Uning asosiy ish qismi qoraytirilgan ikkita mis plastinkadan iborat. Ulardan biri Quyosh va atmosferaning yuqori qatlamlaridan keladigan radiatsiyani, ikkinchisi yer sirtidan qaytgan va atmosferaning past qatlamlaridan keladigan radiatsiyani qabul qiladi. Plastinkalar temperaturalari farqiga qarab radiatsiya balansi aniqlanadi. Ozbekistonlik olimlar M. Lyutershteyn va T. Skvorsovlar birinchi bolib Toshkentda ozlari ixtiro qilgan B. yordamida yer sirtining radiatsiya balansini uzluksiz yozib borish usulini ishlab chiqishgan.