ⓘ Balanus, dengiz yongoqlari - otroq yashovchi moylov-oyoqli qisqichbaqasimonlar urugi. Tanasi kesilgan konusga oxshaydi, bir necha bolak plastinkasimon ohakli ch ..

                                     

ⓘ Balanus

Balanus, dengiz yongoqlari - otroq yashovchi moylov-oyoqli qisqichbaqasimonlar urugi. Tanasi kesilgan konusga oxshaydi, bir necha bolak plastinkasimon ohakli chiganoq ichiga joylashgan. Chiganogining uz. 20 sm gacha. Uning ostki qismi dengiz tubidagi toshlar, mollyuskalar chiganogi va har xil hayvonlar tanasiga, jumladan kitlar terisiga yopishib, kopincha kemalarning korpusiga koplab yopishib olib, harakatini sekinlashtiradi. Chiganoqning harakatchan ustki qopqogi bosh tomonidagi maxsus muskullar vositasida ochilib-yopilib turadi. Chiganoqning mantiya boshligi deb ataladigan ichki boshligida ogiz osimtasi va besh juft ikki ayrili ipsimon oyoqlari joylashgan. Chiganoq ochiq bolganida bu oyoqlar doim bir maromda harakat qilib mantiya boshligiga oziq zarralari ni haydab turadi. Biror xavf paydo bolganida chiganoq darhol bekiladi. B.ning 400 ga yaqin turi bor. Kopchilik turlari germafrodit. Kaspiy va Orol dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda uchraydi. B. lichinkasi dengiz qirgogi planktoni hisoblanadi, ular baliqlarga oziq boladi. Bir necha turi oziq-ovqat sifatida istemol qilinadi.