ⓘ Balet - asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanati turi. Ozida sanatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy ..

                                     

ⓘ Balet

Balet - asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanati turi. Ozida sanatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanat kabi turlarini uygunlashtiradi, bu sanat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bolmay, B.ning sintez markazi bolgan xoreografiyaga boysunadi. B. librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. B.ning dramaturgik asosi libretto dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, goya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto kopincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor B. musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna korinishi, parda va nomerlarga bolinishi ssenariyda korsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. B. musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos bolib xizmat qiladi. B. - musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. B.da raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa B. sanatida yetakchi orinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. B. spektaklida dekoratsiya, libos, yoruglik va boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uygunlashtirish rassomning vazifasidir. B. spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uygunligiga dirijyor rahbarlik qiladi. B.ning fojia, komediya, pyesa, B. - simfoniya kabi janrlari mavjud. B. spektakllari bir pardali, kop pardali boladi. B. atamasi asosan 16 - 19-asrlar davomida shakllangan Yevropa B. sanatini ifodalaydi, lekin 20-asrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Xoz. Yevropa B.ining paydo bolishi qad. xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 - 16-asrlar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, song boshqa mamlakatlarda B. sanatini vujudga kelishiga sabab boldi. 1581 y. Fransiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soz va ashula bilan ifodalangan birinchi B. spektakli yaratildi. 1661 y. Parijda tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" B.ning professional sanatga aylanishida katta rol oynadi. 18-asrda Angliya, Avstriya va Fransiyada B. batamom mustaqil sanat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi B. spektakli 17-asrning 70-y.larida yaratilgan.

Ozbek xalqi qadimdan ozining mumtoz raqsiga, rang-barang, rivojlangan raqs madaniyatiga ega bolib, bu Ozbekistonda professional B. sanatining rivojlanishiga katta tasir korsatgan. 1918 y. Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham bolgan. 1929 y. teatr opera va balet teatri nomini oldi. "Lolaqizgaldoq" R. Glier, "Raymonda" A. Glazunov, "Ferenji" B. Yanovskiy, "Boqchasaroy favvorasi", "Kavkaz asiri" B. Asafyev kabi B.lar qoyildi. 1933 i. Toshkentda 1-Respublika balet maktabi 1935 y.dan Tamaraxonim nomida ochildi. 1933 y. birinchi ozbek milliy B. pantomimasi - "Paxta" baletmeyster Us t a Olim Komilov sahnalashtirildi. Keyinchalik "Shohida" F. Tal, "Gulandom" Ye. Brusilovskiy, "Toglar qalbi" A. Balanchivadze, "Laylakcha" D. Klebanov kabi B.lar ozbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941 y.da balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qoshildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz B.lar qoyish imkonini bermasdi. 1943 y.dagina "Oqbilak" S. Vasilenko baleti qoyildi. 1948 y. ozbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. "Bukri toychoq" Ch. Puni, "Don Kixot" L. Minkus, "Oqqush koli" P. Chaykovskiy kabi mumtoz, "Raqqosa" G. Mushel kabi milliy B.lar qoyildi. 1948 - 51 y.lar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan ozbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va boshqa talim oldilar.

1947 y. Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. "Yoshlik" M. Chulaki, "Esmeralda" Ch. Puni, "Uyqudagi gozal" P. Chaykovskiy kabi spektakllar qoyildi. 50-y.larning ortalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va boshqa balet artistlari bilan toldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz B.larni "Jizel", "Shopeniana" kiritish imkonini berdi. 60-y.larda "Bolero" M. Ravel, "Don Juan" K. Glyuk, "Spartak" A. Xachaturyan, "Korsar" A. Adan, "Kashmir afsonasi" G. Mushel, "Layli va Majnun" I. Akbarov, "Sevgi tumori", "Temur Malik" M. Ashrafiy, "Qirqqiz" L. Feygin, "Semurg" B. Brovsin, "Suhayl va Mehri" M. Leviyev va boshqa B.lar sahnalashtirildi. 70-y.larga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan ozbek B.i boyidi. "Tanavor" A. Kozlovskiy, "Oyimqiz va bezori" D. Shostakovich, "Antoniy va Kleopatra" E. Lazarev, "Afsonalar vodiysida" U. Musayev, "Dunyoning yaratilishi" A. Petrov, "Sevgi haqida qissa" O. Medikov, "Sevgi va qilich" M. Ashrafiy, "Uzilgan qoshiq" A. Kalninsh va boshqa spektakllar shular jumlasidan.

80 - 90-y.lar kompozitor va baletmeystrlarning milliy B. yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. "Navroz" Ik. Akbarov, "Quyoshga tazim" R. Ab-dullayev, "Tomaris" U. Musayev kabi B.lar milliy baletimiz mavqeini yanada kotardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilyev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, 3. Davletmurodova, R. Karimova, F. Sadullayeva qabilar ozbek B.ini rivojlanishiga munosib hissa qoshdilar. 1997 y. Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.