ⓘ Baliq moyi - treska, kambala, olabuga, sulaymonbaliq, paltus baliqlari jigaridan va dengiz sut emizuvchilarining teri osti yog qatlamidan olinadigan moy. Sargis ..

                                     

ⓘ Baliq moyi

Baliq moyi - treska, kambala, olabuga, sulaymonbaliq, paltus baliqlari jigaridan va dengiz sut emizuvchilarining teri osti yog qatlamidan olinadigan moy. Sargish, tiniq suyuqlik bolib, baliq hidi va mazasi bor. Tarkibida kop miqdorda va D vitaminlari, shuningdek yod va boshqa birikmalar boladi. Vitaminlashtirilgan Baliq moyi ham ishlab chiqariladi. Raxit, sil, shabkorlikning oldini olish va davolashda, singan suyakning bitishini tezlatish maqsadida ishlatiladi. Bolalarga 2 - 3 oyligidan kuniga 1 marta 1 - 2 tomchidan ichirib, har kuni 1 tomchidan kopaytira borib, bir choy qoshiqqa yetkaziladi. Homiladorlarga ham beriladi. Yozda Baliq moyi ichmagan maqul. Kuygan, jarohatlangan joylarni, yarachaqalarni davolashda sirtdan ishlatiladi. Chorvachilikda buzoqlarga bir kunda 15 - 20 g, chochqalarga 20 - 40 g berish tavsiya etiladi. Tovuqlarga kuniga 5 g dan berilganda tuxum qilishi kopayadi. Baliq moyi ogzi berk idishlarda qorongi va salqin joyda saqlanishi kerak, chunki yoruglikda Baliq moyi dagi D vitamini zaharli toksisterolga aylanishi mumkin. Baliq sanoati chiqindilaridan texnik Baliq moyi olinadi va u teri hamda sovun ishlab chiqarish da ishlatiladi.