ⓘ Baliq ovlash - xalq xojaligi sohasi. Baliq okean, qirgoq boyi, kol va daryolarda ovlanadi. Baliq okean da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ..

                                     

ⓘ Baliq ovlash

Baliq ovlash - xalq xojaligi sohasi. Baliq okean, qirgoq boyi, kol va daryolarda ovlanadi. Baliq okean da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ishlashga oid asbob-uskunalar bilan jihozlangan kemalarda tutiladi. Shuningdek, qirgoqdan uzoq masofada Baliq ovlash da maxsus ekspeditsiya xizmatidan foydalaniladi. Baliq ovlash ekspeditsiyasiga bevosita Baliq ovlash ishlari bilan shugullanuvchi kemalardan tashqari baliqni joyida qabul qilib oladigan va bir yola qayta ishlaydigan, qidiruv ishlarini olib boradigan kemalar, tankerlar xizmat qiladi. Baliq ovlash texnikasi ancha takomillashtirilgan, samolyot, vertolyot, projektor, radiolokatsiya yordamida Baliq ovlash usullari joriy etilgan. Ozbekistonda, asosan, Qoraqalpogistoining shor kollarida, yirik suv omborlarida, shuningdek Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida baliq ovlanadi.