ⓘ Baliqchilar, chigitchilar, chaykalar - cholduqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 45 - 46 turi bor. Bularning ichida eng kattasi Murmansk qirgoqlariga uya ..

                                     

ⓘ Baliqchilar

Baliqchilar, chigitchilar, chaykalar - cholduqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 45 - 46 turi bor. Bularning ichida eng kattasi Murmansk qirgoqlariga uya soluvchi dengiz baliqchisi, eng kichigi Boltiq va Oxota dengizlari qirgogiga uya soluvchi kichik baliqchi dip. B.ning tashqi tuzilishi suv-havo muhitida yashashga moslashgan bolib, oyoqlari tort barmoqli, oldingi uchta barmogi orasida suzgich pardalari bor. Qanotlari uzun va keng, suv ustida yengil va tez uchishga moslashgan. Boyni kalta, tumshugi uzun va kuchli bolib, ustki qismi ilmoqqa oxshab pastga qayrilgan. Patining rangi yoshiga qarab ozgaradi. Pati asosan oq, faqat qanotining keyingi qismi, bazan boshi qoramtir, kulrang yoki qongir boladi, yiliga ikki marta - bahor va kuzda tullaydi. B. shim. va jan. Qutbdan ekvatorga qadar keng tarqalgan. Hayoti suv bilan bogliq bolsada, suvdan uzoqqa ham uchib ketadi. Bazi turlari daryo, kol kabi chuchuk suv havzalarida ham yashaydi. Bir dengizdan ikkinchi dengizga daryo va kol yoqalab uchib boradi. Kop vaqtini havoda otkazadi. Suvda yaxshi suzadi. Kop turlari koloniya bolib quruqlikka uya soladi. 1 - 4 dona tuxum qoyadi. B. suv yuzasiga yaqin yuradigan kasallangan va mayda xashaki baliqlar, turli suv va quruklik hasharotlari, qisqichbaqalar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq xojaligiga foyda yetkazadi. Ozbekistonda B.ning 6 turi uchraydi. Bulardan kok baliqchi, kumush baliqchi, qorabosh baliqchi, kol baliqchisi degan turlari uya soladi. Qorabosh baliqchi Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.