ⓘ Baliqchilik asboblari - baliq ovlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Baliq ovlash usuliga qarab suzib oladigan, ilin-tiradigan, tuzoq va qarmoq tipidagi Baliq ..

                                     

ⓘ Baliqchilik asboblari

Baliqchilik asboblari - baliq ovlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Baliq ovlash usuliga qarab suzib oladigan, ilin-tiradigan, tuzoq va qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblari boladi. Suzib oladigan Baliqchilik asboblari bilan baliq suv havzalarida suzib ovlanadi. Bu xildagi Baliqchilik asboblari ga nevodlar, dengiz loyqalatgichi, xalta tor, yoyma tor, kotarma tor va boshqa kiradi. Ilin-tiradigan Baliqchilik asboblari ga ingichka ipdan toqilgan torlar kiradi. Ular ham ornatib qoyiladigan va suziladigan xillariga bolinadi. Ornatib quyiladigan turlar suv havzasining malum bir yeriga qoziqlar bilan mahkamlab qoyiladi. Suziladigan xillarining bir uchi qayiq yoki kemaga biriktirilib, ikkinchi uchi suv oqimiga yoki shamol yonalishiga qarab sudraladi. Ornatiladigan torning uz. 150 m, suzadigani 30 – 35 m, eni 18 m. Tuzoq tipidagi Baliqchilik asboblari ga venter, mereja tipidagi suvga qoyiladigan turlar kiradi. Ularning ichiga baliq kiradi, lekin qaytib chiqolmaydi. Bu xildagi tuzoqlar ilgari qamish, novda va boshqa materiallardan toqilardi. Hozir faqat tordan qilinadi. Qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblari ga turli xildagi qarmoqlar kiradi. Bu xildagi Baliqchilik asboblari ni havaskorlar va baliq ovlash xojaliklari ishlatishadi.