ⓘ Baliqqiygir - yirtqich qushlar turkumining baliq-qiygirlar oilasiga mansub. Kattaligi sariq sordek, tanasining uz. 1.5 m ga yaqin, usti toq qongir, qorin tomoni ..

                                     

ⓘ Baliqqiygir

Baliqqiygir - yirtqich qushlar turkumining baliq-qiygirlar oilasiga mansub. Kattaligi sariq sordek, tanasining uz. 1.5 m ga yaqin, usti toq qongir, qorin tomoni oq, oyogi kulrang, tumshugi qora. Baliqqiygir keng tarqalgan. Ozbekistonga martning oxirlarida uchib keladi va qishlash uchun tropik mamlakatlarga sentabr - oktabrda uchib ketadi. Baliqqiygir atrofi daraxtzor suv havzalarining qirgogida yashaydi. Shuning uchun Ozbekistonda kam uchraydi. Xaschoplardan daraxtga uya qoyadi. Bir uyadan bir necha yil foydalanadi, uni har yili yangilab, tuzatib turadi, natijada uya boyi 1 m, diametri 1.5 m gacha kattalashib ketadi. 2 - 3 ta havo rang tuxum qoyadi. Bolalari 2 oyda uchirma boladi. Baliqqiygirning tuzilishi, oyoq panjalari baliq tutishga moslangan: barmoqlarining tagi tikanli, panjalari yogon va kuchli, changal tirnoqlarining uchi qayrilgan, qorin va oyoq patlari qisqa, dum bezi yaxshi rivojlangan. Baliqqiygir baliq tutishga mohir. Soni kam bolganligi uchun baliq xojaligiga sezilarli zarar keltirmaydi. Baliqqiygir Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.