ⓘ Ballada - 1 14 - 15-asrlar fransuz adabiyotidan qatiy orin olgan lirik janr ; 2 ingliz xalq poeziyasida liro-epik janr va romantizm poeziyasidagi ayni shunday j ..

                                     

ⓘ Ballada

Ballada - 1) 14 - 15-asrlar fransuz adabiyotidan qatiy orin olgan lirik janr ; 2) ingliz xalq poeziyasida liro-epik janr va romantizm poeziyasidagi ayni shunday janr. Romantik B. fantastika, folklor, afsonaviy - tarixiy, maishiy mavzudagi syujetga ega sheriy asardir. 20-asrda B. qatiy janr sifatida oz qimmatini yoqotadi. B. janridagi asarlar namunalari ozbek mumtoz adabiyoti va zamonaviy adabiyot da ham uchraydi; 3) - B. 12 - 13-asrlarda trubadur va truverlar ijodining asosiy janri sifatida keng rivoj topdi. Uygonish davrida uning polifonik turlari yuzaga keldi. Musiqiy romantizm uslubida B. syujet li musiqa janri sifatida kamer-vokal va kamer-cholgu asarlarida oz ifodasini topdi. Ozbekiston musiqasida B. koproq qahramonlik yoki ishqiy-qahramonlik, falsafiy talqinga ega. M. Burhonovning xonanda va simfonik orkestr uchun "Ishq Oti" B.si mazkur janrning Ozbekistondagi ilk namunasidir. B.ning muayyan xususiyatlari boshqa janrlarga singdirilganligi sababli bunday asarlar qoshma nomlar bilan ham ataladi.