ⓘ Ballistika - artilleriya snaryadlari, boshqarilmaydigan raketalar, mina, bomba, oq va boshqalarning otilgan mahaldagi harakatini organadigan fan. Ichki, tashqi ..

                                     

ⓘ Ballistika

Ballistika - artilleriya snaryadlari, boshqarilmaydigan raketalar, mina, bomba, oq va boshqalarning otilgan mahaldagi harakatini organadigan fan. Ichki, tashqi va eksperimental xillariga bolinadi. Ichki B. oq otilganda porox gazlarining tasiri bilan oqning stvol ichidagi harakatini, poroxning yonishi oqibatida hosil boladigan bosimini organadi. Tashqi B. oqning havodagi harakatini va uning moljallangan nishonga tegish qonunini organadi. Eksperimental B. tajriba, tekshirish va sinash qonuniyatlari bilan shugullanadi. Ichki va tashqi B. fizikamat. fanlariga suyanadi. Tashqi B. uchun asos fanlar: nazariy mexanika, meteorologiya va aerodinamika. Ichki B. uchun muhim fanlar - nazariy mexanika, molekulyar fizika, termodinamika, gaz dinamikasi va portlash nazariyasi fanlari. B. fanining yuzaga kelishi N. Tartali, G. Galiliyey, N. Nyuton, L. Eyler va A. N. Krolov nomlari bilan bogliq.