ⓘ Balzam, balzamlar - efir moylari va ularda erigan smolalar, xushboy birikmalar, aldegidlar, ketonlar, murakkab efirlar va boshqa moddalardan tarkib topgan tabii ..

                                     

ⓘ Balzam

Balzam, balzamlar - efir moylari va ularda erigan smolalar, xushboy birikmalar, aldegidlar, ketonlar, murakkab efirlar va boshqa moddalardan tarkib topgan tabiiy moddalar. Odatda B. xushboy shiraga uxshash, tami otkir, quyuq suyuqliklardan iborat bolib, suvda deyarli erimaydi, ammo spirt, efir, xloroform, benzin va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Aksarisi osimliklarda normal moddalar almashinuvi mahsuloti sifatida hosil bolib, postloq yollarida yoki hujayralararo kamtaklarda yigiladi; boshqalari osimliklarda bolmay, postlogi shikastlanganda vujudga keladi. Igna bargli daraxtlar tanasi shikastlanganda chiqadigan shirani ham B. deb atashadi. Bulardan Kanada balzami optikada va mikroskopik preparatlarni montaj qilishda, oq qaragay balzami optikada ishlatiladi. B. tarkibiga qarab antiseptik, balgam kochiruvchi, siydik haydovchi va mahalliy tasir korsatuvchi xususiyatlarga ega. B.dan tibbiyotda dori vositasi sifatida foydalaniladi. Terpentin moyi, skipidar mazlari va linimentlari mahalliy tasir korsatuvchi dori; skipidar buglari havoni ozon bilan boyitib, opka kasalliklariga davo boladi; Kopay balzami dezinfeksiyalovchi dori bolib, qovuq yalliglanishi, ekzema, sozakni davolashda qollaniladi. Vinilin jarohatga va yalliglangan teriga qoyiladi, meda va on ikki barmoq ichak yarasi bolgan bemorlarga ichiriladi.