ⓘ Balzamlash, mumiyolash - murda yoki uning ayrim azolari va toqimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash usuli. Buning uchun jasadga chirituvchi mikroblarni ol ..

                                     

ⓘ Balzamlash

Balzamlash, mumiyolash - murda yoki uning ayrim azolari va toqimalarini chiritmaydigan qilib uzoq saqlash usuli. Buning uchun jasadga chirituvchi mikroblarni oldiradigan maxsus antiseptik moddalar shimdiriladi. Odatda tibbiyot oquv yurti talabalariga korsatish, i. t. olib borish, murdani uzoq, masofaga yetkazib berish zaruriyati tugilganda, shuningdek mashhur kishilar jasadi balzamlanadi. B. qadimdan malum, dastlab Misrda qollanilgan; ular B. vositalariga xushboy modda - balzam ham qoshib ishlatganlar. Ilgari murdaning boshi, kokrak, qorin boshliqlarini turli tuz eritmalari bilan toldirganlar. 16 - 17-asrlarda Yevropada har xil kimyoviy moddalar aralashgan eritmalar keng qollanilgan. B. uchun koproq formalin, etil spirti, sirka kislota va boshqa qollaniladi. Tomirga formalin yuborib, murda yoki azo ana shu eritmaga solib qoyilsa, uzoq turadi. Sud tibbiyotida B. uchun kopincha barobar miqdordagi spirt va formalin eritmasi ishlatiladi.

B.ning ancha mukammal usullari ham bor.