ⓘ Balgam kochiruvchi dorilar - yotalganda balgam kochishini osonlashtiruvchi dori moddalar. Ular bronxlar shilliq pardasi bezlari faoliyatini oshiradi yoki bronxl ..

                                     

ⓘ Balgam kochiruvchi dorilar

Balgam kochiruvchi dorilar - yotalganda balgam kochishini osonlashtiruvchi dori moddalar. Ular bronxlar shilliq pardasi bezlari faoliyatini oshiradi yoki bronxlarning muskullari qisqarishini va nafas yollaridagi epiteley faoliyatini kuchaytiradi. Balgam kochiruvchi dorilar d. bevosita va bilvosita tasir etuvchi dorilarga bolinadi.

Bevosita tasir etuvchi Balgam kochiruvchi dorilar d. ga ozining ishqorlik xususiyati tufayli balgamni yumshatishga yordam beradigan natriy bikarbonat ichimlik soda, ichilganda bronxlar shilliq pardasi bezlariga tasir etib, balgam kochiradigan terpengidrat hamda bazi efir moylari mas, anis moyi va boshqalar kiradi. Bu dorilar ingalyatsiya qilinganda suv bugi bilan nafas yollariga yuborilganda ham, ichilganda ham balgam yumshatishga kor qiladi.

Bilvosita tasir etadigan Balgam kochiruvchi dorilar d.ga bazi dorivor osimliklardan olinadigan moddalar kiradi. Bu moddalar faqat ichilganda kor qiladi. Balgam kochiruvchi dorilar d. asosan yotalib, balgam kochishi qiyin bolgan opka kasalliklarida zotiljam, bronxit va boshqalar ichiladi. Har qanday hollarda ham Balgam kochiruvchi dorilar d.ni vrach ruxsati b-i ichish lozim. Aks holda turli asoratlarga sabab bolishi mumkin.