ⓘ Banan - banansimonlar oilasiga mansub kop yillik tropik osimlik. Vatani Afrika va Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagi. Asosan, Lotin ..

                                     

ⓘ Banan

Banan - banansimonlar oilasiga mansub kop yillik tropik osimlik. Vatani Afrika va Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagi. Asosan, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ostiriladi. Bananning boyi 15 m gacha boradi, bargi yirik. Bananning 40 ga yaqin turi bor. Guli qosh jinsli. Mevasi rezavor meva. Bir tup mevada 300 tagacha mevasi bor. Bir mevasining uzunligi 15 sm gacha, diametri 3 - 4 sm ga boradi. Sargish, eti oqish, shirin. Etining tarkibida 75 - 76% suv, 14 - 22% qand, 5 - 8% kraxmal, 1.5% gacha protein, 0.3 - 0.6% moy bor. Partenokarpiya usulida meva hosil qiladi, shuning uchun urugi puch. Banan mevasi xolligicha hamda quritilgan holda istemol qilinadi. Kopchilik turlarining mevasi yeyishga yaramaydi. Banan ildiz bachkilari yordamida kopayadi. Ayrim turlaridan dengizchilikda qollaniladigan arqonlar, baliq ovlash torlari tayyorlashda ishlatiladigan tola olinadi. Bananning xushmanzara daraxt sifatida kochalar, parklarda va uylarda ostirilgan turlari ham bor.