ⓘ Bank monopoliyalari - konsentratsiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qolida toplanishi. Moliya kapitali bozoridagi ta ..

                                     

ⓘ Bank monopoliyalari

Bank monopoliyalari - konsentratsiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qolida toplanishi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning bolmasligi bilan tavsiflanadi. Mas, 1962 y. Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% besh bankka tegishli bolgan, 1968 y. AQShda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank bolgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga togri kelgan, 1995 y.da esa AQShdagi eng yirik hisoblangan "Cheyz of Manxetten" va "Kemikl" banklari ozaro qoshilib ketdi.