ⓘ Bankrotlik, s i n i sh - fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagi yetishmasligidan oz majburiyatlari boyicha qarzlarni tolashga qurbi yetmasligi; qarzdornin ..

                                     

ⓘ Bankrotlik

Bankrotlik, s i n i sh - fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagi yetishmasligidan oz majburiyatlari boyicha qarzlarni tolashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar ga haq tolash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy tolovlarni taminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan ozga chorasi qolmaydi. B.ga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xojaligida B. tushunchasi NEPdan keyin istemoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan etiboran korxonaning tolov qobiliyati yoqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb elon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari otkaziladi, unga har tomonlama yordam korsatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoshib yuboriladi, korxona jamoa azolariga ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar sudlar, xojalik sudlari qarori bilan bankrot deb elon qilinadi. Ozbekiston Respublikasida kreditorlarning davolarini qondirish maqsadida xojalik yuritish subyektlari bolmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bolgan deb etirof etish shartlari va tartibi OzRning 1994 y. 5 mayda qabul qilingan "Bankrotlik togrisida" Qonunida belgilab berilgan. Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.