ⓘ Banyan, banian - fikuslar turkumiga kiradigan ikki tur daraxtning nomi; 1 bengal fikusi - yer bagirlab osadigan bahaybat daraxt. Urugini, odatda, qushlar tarqat ..

                                     

ⓘ Banyan

Banyan, banian - fikuslar turkumiga kiradigan ikki tur daraxtning nomi; 1) bengal fikusi - yer bagirlab osadigan bahaybat daraxt. Urugini, odatda, qushlar tarqatadi. Bunda biror boshqa daraxtga tushib qolgan urugdan epifit holda rivojlanadigan osimlik paydo boladi. B.ning ingichka tanasi kopdan-kop havo ildizlari hosil qiladi. Ular pastga qarab tez osadi va tuproqqa ornashgan qismi shoxlanib ketadi. Bunday ildizlar yogon ustunlarga aylanadi. Daraxtning shox-shabbasi ham juda osib ketadi. Shunday qilib, bir dona urugdan katta chakalakzor paydo boladi. Kalkutta botanika bogida osayotgan 150 yoshdagi B. shox-shabbasining aylanasi 300 m, ustunsimon ildizlarining soni 300 dan ortiq kelardi; 2) avliyo fikus, bu ham bahaybat daraxt bolib, shoxlaridan chiqadigan havo ildizlaridan rivojlanadi. Ildizlari goyat katta shox-shabba uchun tayanch bolib xizmat qiladi. Aksari epifit emas. B. Hindistonda osadi. Mevasi yeyiladi. B.ning yosh novdalarida qimmatbaho smola - shellak hosil boladi.