ⓘ Baraba pasttekisligi - Garbiy Sibir pasttekisligining jan. qismida. Maydoni 117 ming km² ga yaqin. Yer yuzasi bir oz or-qir tekislik, balandligi 100 – 150 m. Ba ..

                                     

ⓘ Baraba pasttekisligi

Baraba pasttekisligi - Garbiy Sibir pasttekisligining jan. qismida. Maydoni 117 ming km² ga yaqin. Yer yuzasi bir oz or-qir tekislik, balandligi 100 – 150 m. Baraba pasttekisligi da qator tepaliklar - "grivalar" uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning ortacha temperaturasi - 19°, - 2G, minimal temperatura - 54°, yoz qisqa va issiq, iyulning ortacha temperaturasi 17 - 19°, maksimal temperatura 38°. Vegetatsiya davri 150 - 160 kun. Daryolari Om daryo sistemasiga va Chana kollari havzasiga mansub; daryolarning koplari bahorda oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Qator tepaliklar orasidagi chuqurliklarda 2000 dan ortiq kattakichik chuchuk hamda shor kollar, botqoqliklar bor. Baraba pasttekisligi da qora tuproq va botqoq tuproqlar keng tarqalgan; shorxok va shortoblar kop. Dashtning shim. qayinzor va sfagnum botqoqlari bilan, jan. qayinzorlar va otloqdasht osimliklari bilan qoplangan. Baraba pasttekisligi ning kop yeri ekinzorlarga aylantirilgan. Baraba pasttekisligi - Garbiy Sibirning muhim sut chorvachiligi va dehqonchilik r-nlaridan biri.